Turk olamidan xabarlar 24-qism

Turkiya Turkmanistonning energiya loyihalarini qo’llab quvvatlamoqda.

Turk olamidan xabarlar 24-qism

 

Turkiya Turkmanistonning energiya loyihalarini qo’llab quvvatlamoqda.

Turkiyaning Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mustafa Kapuju: “Energiya manbalaridan oqilona foydalanish maqsadida Turkmanistonning tabiiy gaz loyihalarini qo’llab quvvatlaymiz. Mustahkam zamin yaratilgan taqdirda, Turkmaniston gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazishga tayyormiz”,-dedi.

Ashxabodda bo’lib o’tgan Xalqaro energiya forumida jurnalistlarning savollariga javob bergan Kapuju 2017 yil Turkmaniston va Turkiya o’rtasidagi diplomatik munosabatlarning tashkil topganiga 25 yil to’lganini eslatdi.

“Hozirda ikki davlat   orasida   1,7   milliard   dollar   saviyasida   tijoriy   munosabatimiz mavjud. Turk qurilish firmalari Turkmanistonda hozirgi kunga qadar 50 milliard dollarlik loyihalarni tamomladilar. Mamlakatda  juda muhim infrastruktura va qurilish loyihalari turk firmalariga tegishli",-deydi  Turkiyaning Turkmanistondagi elchisi.

Elchi   Kapuju, Turkiya   bilan Turkmaniston  orasidagi aloqalarda   naqliyot   va   energiya   sohasidagi   hamkorlik   ham ahamiyatga   sazovor   ekanligini   aytib   o'tar   ekan,   İpak   Yo'li Loyihasining   jonlantirilishi   borasida   Turkmaniston   muhim   tranzit mintaqa ekanligini aytib o'tdi.  Bu   borada   Turkmanboshi   shahrida   Turkiya   tomonidan loyihalashtirilib, ayni paytda qurilayotgan port mavjudligini eslatib o'tgan Kapuju, "Bu port ham turk firmasi tomonidan qurilmoqda. Kelgusi yilda bu loyiha ham tamomlanadi. Mana shunday qilib, port sohasida yana bir katta loyiha hizmat bera boshlaydi. Bu juda keng dasturli loyiha bo'lib hisoblanadi. Natijada nafaqat Kaspiy dengizi balki dunyo miqyosida muhim portlardan biri bo'lishiga ishonchimiz komil", -dedi.

Elchi   Kapuju,   Turkiyaning   energiya   manba   turlarining ko'paytirishi   borasida   Turkmaniston   tabiiy   gazi   loyihasi  qo'llab quvvatlanishini,   bu   borada   Kaspiy   dengizidan   olib  o'tiladigan energiya   loyihasi   ustida   ish olib borilayotganini  alohida   ta'kidlar   ekan, vaqti   kelganda   Turkmaniston   gazini   Turkiya   orqali   Yevropaga   yetkazib berishga tayyor ekanliklarini ham aytib o'tdi.

 

Qozog'iston   prezidenti   Nursulton   Nazarboyev,  Turkiyaning Bosh vazir o'rinbosari Tug'rul Turkeshni qabul qildi.

Kuni kecha Turkiyaning   boshvazir   o’rinbosari  Tug’rul   Turkesh   Qozog’istonda bo’lib qaytdi. Tug’rul   Turkesh mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan qabul qilindi.

U qabul chog’ida Turkiyaning qozoq xalqiga eng yaqin va qardosh davlatlardan biri  ekanligini   ta'kidlab   o'tdi.   Nazarboyev,   Qozog'iston   mustaqil bo'lgandan beri 25 yil davomida ikki davlat orasida har sohada o'zaro munosabatlarning tobora rivojlanib borayotganligini aytib o'tdi. O'zini yahshi   kutib   olganligi   uchun   minnatdor   ekanligini   aytib   o'tgan Turkiya Bosh vazir  o’rinbosari Tug'rul   Turkesh   esa,   Turkiya   Prezidenti   Rejep Tayyip   Erdo’g’anning   salomlarini   yetkazdi.   

Tug’rul   Turkesh   ham, Turkiya bilan Qozog'iston o'rtasidagi munosabatlar juda qadimga borib taqalishini,  Qozog'istonning   BMT   Xavfsizlik   Kengashidagi vaqtinchalik a'zoligi ham Turkiya uchun juda muhim ekanligini bayon etdi.

 

O‘zbekiston  Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   “2017—2021- yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatda   respublikada   gidroenergetikani   yanada   rivojlantirishning birlamchi yo‘nalishlari belgilab qo‘yildi. Ular   orasida   yangi   elektr   energetikasi   korxonalarini   yaratish   va mavjudlarini modernizatsiya qilish; yirik, o‘rtacha, kichik va mikro-gidroelektr   stansiyalarni   loyihalashtirish   va   qurish   sohasida zamonaviy  va   har   tomonlama   asoslangan   ilmiy-texnik   yechimlarni joriy qilish va boshqa yo‘nalishlar bor.

Qaror   orqali   2017—2021-yillarda   gidroenergetikani   yanada rivojlantirish   chora-tadbirlari   dasturi   tasdiqlandi.   U   o‘z   ichiga dasturning   maqsadli   parametrlarini   hamda   42   ta   yangi   gidroelektr stansiyalarini   qurish   va   32   ta   amaldagi   gidroelektr   stansiyalarini modernizatsiya   qilish   bo‘yicha   investitsiyaviy   loyihalar  ro‘yxatini oladi.

Aytish joizki, O’zbekiston gidroelektr stansiyalari loyihasiga 2.6 mlrd dollar mablag’ ajratadi.

Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qarornomaga ko’ra, 5 yil davomida mamlakatda quriladigan 18 ta yangi gidroelektr stansiyasi va 14 ta  gidroelektr stansiyani modernizatsiya qilishga jami 2 mlrd 650 mln dollar mablag’ ajratish maqsad qilinmoqda.

Gidroenergetikani   yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari   dasturi hayotga   tadbiq   etilgach,   2026   yilda   mamlakatda   gidroelektr stansiyalarida   energiya   ishlab   chiqarish   darajasi   70%   oshishi   va gidroelektr   stansiyalarining   energiya   ishlab   chiqarishdagi   hissasi 12.7% dan 15.8% ga chiqarilishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar