O’zbekiston va Xitoy o’rtasida qator muhim hujjatlar imzolandi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga bo’lgan davlat tashrifi 11-may kuni boshladi.

O’zbekiston va Xitoy o’rtasida qator muhim hujjatlar imzolandi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida siyosiy va iqtisodiy sohalarda muhim kelishuvlarga erishildi, hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlari bo’yicha qator hujjatlar imzolandi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra uchrashuvda shuningdek, o’zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko’tarish, bunda ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo’yicha pozitsiyasi bir xil yoki o’xshashligining muhim ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.

Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin O’zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasidagi Qo’shma bayonotni imzolaganlar. Hukumatlararo texnikaviy hamkorlik to’g’risidagi, xalqaro avtomobil qatnovi to’g’risidagi bitimlar, umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, sog’liqni saqlash sohasini asbob-uskunalar bilan jihozlashga doir loyihalarni moliyalashtirish to’g’risidagi hukumatlararo notalar almashinuvi hamda veterinariya va o’simliklar inspeksiyasi karantini sohasida Anglashuv memorandumi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’eklari o’rtasidagi hamkorlikni rag’barlantirish bo’yicha Anglashuv memorandumi, qishloq xo’jaligi sohasida 2018-2020-yillarga mo’ljallangan idoralararo almashinuv hamkorlik rejasi kabi qator muhim hujjatlar imzolangan.

Erishilgan kelishuvlar O’zbekiston – Xitoy munosabatlarini yanada rivojlantirish va ikki mamlakat xalqlarining farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi alohida qayd etilgan.

 



Aloqador xabarlar