Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko’ra Sh. Mirziyoyev 88.61 foiz ovoz oldi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo’yicha Respublika matbuot markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga bag’ishlangan brifing bo’lib o’tdi.

Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko’ra Sh. Mirziyoyev 88.61 foiz ovoz oldi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga ko’ra Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz oldi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ma’lum qilinshicha O’zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod Xatamjon Abduraxmonovich Ketmonov 3,73 foiz; O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod Narimon Majidovich Umarov 3,46 foiz; O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod Sarvar Sadullayevich Otamuratov 2,35 foiz ovoz oldi.

O’zbekistonni 27 yil boshqargan mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov insult tufayli 2016-yilning 2-sentabri kuni vafot etgach O’zbekiston xalqi kecha, o’zining yangi prezidentini saylash ochun ovoz berdi.

Saylovni dunyoning qariyb 50 davlati bilan ular orasida Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Mustaqil davlatlar hamdo’stligi ham o’rin olgan tashkilotlardan qariyb 600 xalqaro kuzatuvchi kuzatib bordi.

Saylovda shuningdek, qariyb 1 300 mahalliy va chet ellik jurnalist ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar