Yevroosiyodan dolzarb mavzular 152-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’anning O’zbekiston Respublikasiga bo’lgan ziyorati haqida so’z qilamiz.

622693
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 152-qism

Aziz dasturimiz muxlislari, Prezident Rajap Tayyip Erdog’an 2016-yilning 17-18-noyabri kunlari O’zbekistonni ziyorat qildi. Pokiston ziyorati ortidan Samarqandga borgan Prezident Erdog’anni Samarqand aeroportida, O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov kutib oldi.

Erdog’an Samarqandda avvalom bor O’zbekistonning Birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qabr ziyorati chog’ida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Prezident Erdog’anga hamrohlik qildi.  

Ortidan Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Samarqanddagi Davlat  mehmonxonasida Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Erdog’an ushbu uchrashuvda: “O’zbekiston o’zining qadimiy davlat an’anasi, tarixiy merosi bilan strategik jihatdan mintaqada barqarorlikning kafolati. O’zbekistonning siyosiy barqarorligi va iqtisodiy o’sisihini davom ettirajagiga ishonchim komil. Joriy yilning 4-dekabri kuni bo’lib o’tadigan saylovda muvaffaqiyatlar tilayman. Saylov ortidan, Prezident ishtirokidagi ilk ziyoratning O’zbekistondan Turkiyaga yoki Turkiyadan O’zbekistonga qaratilishidan xursand bo’lamiz” dedi. Mirziyoyev ham, “Siz aytganingizdek va hatto bir necha marotaba aytganingizdek qardoshlikni faqatgina so’zda emas, hamkorlikda ko’rsatishning vaqti yetib keldi. Bu so’zlar menga judayam yaqin uchradi” deya gapirdi.

O’zbekiston ziyoratining oxirgi kuni Prezident Erdog’an Samarqand shahrining tarixiy makonlarini ziyorat qildi.

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari, Prezident Erdog’an 2016-yilning avgust oyidan beri rasmiy safar bilan Rossiya, Xitoy, Belarus, Pokiston va O’zbekistonga borib qaytdi. Bu mamlakatlarning sharq davlatlaridan bo’lishi va Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo yoki kuzatuvchi davlat ekanliklari; Prezident Erdog’anning O’zbekiston safaridan qaytar chog’ida: “Turkiyaning Shanxay hamkorlik tashkiloti tarkibidan o’rin olishi uning biroz erkin nafas olishiga imkon yaratadi” deyishi ko’pchilik e’tiborini o’ziga jalb etdi.

Chunki, Prezident Erdog’anning O’zbekiston ziyorati faqatgina Turkiyaning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tarkibiga kirish bilan cheklanmagan edi. Turkiya O’zbekiston bilan 1990-yillarning oxirlarida buzilgan o’zaro munosabatini qayta tiklash niyatida.

Erdog’an Turkiya Respublikasi Bosh vazir etib saylangan vaqtda rasmiy ziyorat bilan O’zbekistonga borib qaytgan edi. Lekin u ziyorat chog’ida ikki mamlakat munosabatini qayta tiklash imkoni yo’q edi. Samarqanddagi uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev ana shu masalalarga to’xtaldi. Chunki huddi ana shu yillarda Mirziyoyev ham endigina O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib saylangan bo’lib, Erdog’anni kasbdoshi sifatida O’zbekistonda mehmon qilgan.

Turkiya O’zbekiston bilan bo’lgan munosabatini qayta tiklash payiga 2012-yili tushgan. O’sha vaqtning Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Ahmet Davuto’g’li Nyu-Yorkda O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan uchrashib, 2013-2015-yillarni o’z ichiga oladigan hamkorlik rejalarining tayyorlanishi borasida kelishib olgan. 2013-yilning noyabr oyida esa davrning Turkiya Respublikasi Madaniyat vaziri Ertug’rul Gunay rasmiy safar bilan O’zbekistonga bordi. Ortidan roppa-rosa bir yil o’tgach Sochi qish olimpiyadasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Rossiyaga borgan hozirgi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an, davrning Bosh vaziri sifatida u yerda O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuv o’tkazgan. Ikkala mamlakatning Tashqi ishlar vaziri 2014-yilning may oyida Shanxayda o’tkazilgan “Osiyoda hamkorlik, xavfsizlik va taraqqiyot tashkilotini tashkil etish” konferensiyasida uchrashdilar. 2014-yilning 10-12-iyuli kunlari esa davrning Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davuto’g’li; 13-14-sentabri kunlari Sport ishlari bo’yicha vazir Chagatay Kilich rasmiy safar bilan O’zbekistonga bordi. Ortidan Turkiya Toshkentga yangi elchisini tayin qildi.

Islom Karimov vafoti ortidan Prezident etib saylanishiga aniq ko’zi bilan qaralgan Shavkat Mirziyoyev qo’shni davlatlar bilan yaxshi munosabatda bo’ladigandek tuyilmoqda. Karimovning tobi yo’qligi tufayli O’zbekiston Turkiyada yuz bergan 15-iyul voqeasi ortidan hech qanday bayonot bermasligiga qaramay Turkiya, Karimovning dafn marosimiga Bosh vazir o’rinbosari saviyasida hay’at yubordi va shu orqali o’zaro munosabatlarini qayta tiklamoqchi ekanligini bayon etdi. 

O’zbekiston-Turkiya munosabatining qayta tiklanishi o’zaro, mintaqaviy va Turk Respublikalari o’rtasidagi do’stlik rishtalarini rivojlantirish jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Qariyb 30 milliondan ortiq aholi soni, kuchli armiyasi va an’anaviy davlat tuzimiga ega bo’lgan O’zbekiston mintaqaning eng muhim davlati hisoblanadi.

Turkiya-O’zbekiston o’rtasidagi savdo hajmi 2015-yili 1.2 milliard AQSh dollariga teng edi. Bundan buyon ikki mamlakat munosabatining rivojlanishi ortidan bemalol 2 barobarga o’sishi mumkin. Iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi siyosiy munosabatlarning ziyon ko’rishiga mone’lik qiladi. Shunday ekan javob tariqasidagi ziyorat navbati O’zbekistonda.

 

 



Aloqador xabarlar