YeXHT O’zbekistonga to’laqonli kuzatuvchi missiyasini yuborishga qaror qildi

Eslatib o’tamiz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) nomidan bir guruh 11-14 oktabr kunlari O’zbekistonga borib, mamlakatdagi siyosiy vaziyatni o’rganib chiqqan edi.

597810
YeXHT O’zbekistonga to’laqonli kuzatuvchi missiyasini yuborishga qaror qildi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasini (EBM) O’zbekistonga yuborishga qaror qildi.

Ma’lum qilinishicha YeXHT-ning rasmiy portalida O’zbekistonga yuboriladigan mutaxassislar uchun e’lon berilgan bo’lib, bu tashkilotning O’zbekistondagi saylovoldi hisobati bayon qilingan.

YeXHT rasmiy portalida yuboriladigan kuzatuvchilarning 28 kishilik uzoq muddatli va 250 kishilik qisqa muddatli guruhlardan tashkil topishi ham aytilgan. Tashkilot portalida YeXHT kuzatuvchilaridan qanday shartlar talab qilinganligi haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o’tamiz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) nomidan bir guruh 11-14 oktabr kunlari O’zbekistonga borib, mamlakatdagi siyosiy vaziyatni o’rganib chiqqan edi.



Aloqador xabarlar