Nurdinjon Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri

Nurdinjon Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri

Nurdinjon Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri

Nurdinjon Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi chaqirig`i birinchi majlisi 12 yanvar kuni ish boshladi.
Majlis kun tartibidagi bir qator tashkiliy masalalarni ko`rib chiqqan.
Majlisda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib Nurdinjon Ismoilov saylangan. U yaqinda bo`lib o`tgan parlament saylovlarida Xalq demokratik partiyasi a`zosi sifatida Namangan viloyati 47-Chortoq saylov okrugidan deputat etib saylangan edi.
Nurdinjon Ismoilov bungacha, 2012 yil iyulidan beri O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik masalalari bo`yicha Davlat maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bundan avval esa, Nurdinjon Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo`mitasiga raislik qilgan.
1959 yilda Namangan viloyatida tug`ilgan Nurdinjon Mo`ydinxonovich Ismoilov Toshkent davlat universitetini tugatgan. Yuridik fanlar nomzodi ilmiy unvoniga ega.
O`z vakolatini topshirgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining avvalgi tarkibiga “Adolat” SDP vakili hisoblangan Dilorom Toshmuhamedova spikerlik qilgandi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yangi tarkibdagi ilk majlisida shuningdek, “O`zLiDeP”ning parlament fraktsisi rahbari Sodiqjon Turdiyev, “Milliy tiknalish” fraktsiyasi rahbari Sarvar Otamurodov, XDP fraktsiyasi rahbari Ҳotamjon Ketmonov, “Adolat” SDP fraktsiyasi rahbari Narimon Umarov va Ekoharakat deputatlik guruhi rahbari Boriy Alixonov spiker o`rinbosarlari etib saylangan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar