Tarixda bugun 12.02.2019

Bugun milodiy hisob bilan 2019-yil fevral oyining oltinchi kunidir.

1143889
Tarixda bugun 12.02.2019

***

1912-yilning 12-fevral kuni 6 yoshidagi Xitoy imperatori Puyi, tahtdan tushirildi. Bu orqali ikki ming yillik Xitoy imperatorligi va 267 yillik Manchjur honadoni o’z nihoyasiga yetgan bo’ldi.

Amakisining o’limi ortidan 3 yoshida taxtga chiqarilgan, 1911-yildagi to’ntarish ortidan taxtdan tushirilgan Puyi, 1924-yili yashirin ravishda Pekindan Tianjindagi yapon koloniyasiga borib qo’shildi.  Puyi, yaponlar tomonidan 1932-yilning 9-marti kuni davlat rahbari deb e’lon qilinar ekan 1934-yili Gnagde degan nom bilan Manjuriya imperiyasining imperatori bo’ldi. Ikkinchi Jahon urushining oxirida 1945-yilning avgust oyida ruslar tomonidan asirga olinar ekan 1950-yili urush aybdori sifatida sudga tortilishi uchun Xitoyga ekstraditsiya qilindi. 1959-yili kechirilganidan keyin Pekindagi bir bog’da mashina ta'mirlash ustaxonasida ishladi.  

Bernardo Bertolucci, butun dunyoda katta qiziqish uyg’otgan va Puyining o’tmishini qo’lga olgan “The Last Emperor” filmini suratga oldi. Mazkur film eng avvalo 1988-yili “eng yaxshi film” va “eng yaxshi rejissyor” sifatida jami 9 kategoriyada Oscar mukofatiga loyiq deb topildi.

 

***

1914-yilning 12-fevrali kuni Turkiyada havo yo’li orqali birinchi pochta xizmati ishga tushdi. Birinchi pochtani uchuvchilardan Ismail Hakki Lefkedan Bilejikka yetkazib berdi. Oddiy pochta xizmatiga qaraganda qimmatroq bo’lgan havo yo’li pochta markasida uchoq, dirijabl, shar va kush kabi rasmlardan foydalanilishi, marka kollektsiyachiligini yaratdi.

 

****

1934-yilning 12-fevrali kuni Sarvati-funun davri shoir va yozuvchilaridan Jenap Shahabettin, insult yoki bosh miyaga qon quyilishi kasalligi tufayli vafot etdi. Yaxshi ta’lim olgan Jenap Shahabettinning birinchi she’ri 1885-yili Saat gazetasida chop etildi. Usmoniy davrida 1860-yildan beri davom etgan Sharq-G’arb kurashini, G’arb adabiyoti jihatidan aniq shakllantirgan Sarvati-funun davrining eng muhim yozuvchilaridan biri edi. Yangilikchi she’rlari bilan bir davrning eng ko’p tanqid qilingan shoiri bo’lgan Jenap Shehabettin shuningdek sayohat va teatr asarlari ham taqdim etgan.



Aloqador xabarlar