Tarixda bugun 11.02.2019

Tarixda sodir bo'lgan muhim voqealar...

Tarixda bugun 11.02.2019

                                

 

1650 yil 11 fevral… Fransuz matematik olim va faylasuf Rene Dekart vafot etdi.  G'arb falsafasining eng muhim olimlaridan biri bo'lgan Dekart yoshlik yillarida Jizvit tariqati, keyinchalik falsafa va matematika darslari hamda tafakkur falsafasiga asos soldi. U, 16 yil davomida dunyo bo'ylab sayohat qilib, o'sha davrda fikr erkinligi keng bo'lgan Gollandiyaga joylashdi. 1637 yili uning "Metodika haqida mulohazalar", 1641 yili "Meditatsiyalar" nomli asarlari chop etilgan. Shubhachilik va tafakkur falsafasi ustida ko'p ishlagan Dekart "Tafakkur qilyabman, demak men borman"  degan so'zi bilan shuhrat qozondi. Shvetsiya qirolichasi Kristinaning talabi bilan borgan Stokholm shahrida jigar kasalligi sababli vafot etdi.                                                     

 

 

1809 yil 11 fevral… Ingliz ixtirochi Robert Fulton bug'li kemaning patentini oldi. Yoshlik paytida rassomlikga qiziqqan, lekin keyinroq muhandislikka yo'nalgan Fulton, marmar kesuvchi jihoz, arg'amchi o'ruvchi jihoz kabi ixtirolari uchun patent olgandan so'ng, 1797 yilda parij shahriga bordi. Fransiyada uzoq vaqtdan beri loyihalashtirgan bug'li kema ustida ishlay boshladi va 1803 yilida dastlabki bug'li kemani dengizga olib tushishga muvaffaq bo'ldi. Lekin bu kema Fransiya hukumatining diqqatini jalb etmadi. Fulton esa bir necha yildan so’ng Amerikaga bordi va u yerda o'zining kemasini testdan o'tkazdi. Fultonning kemasi suvda yelkan yoki kurak ishlatmagan holda suvda suzuvchi dastlabki kema degan nomni oldi va Amerika hukumatining diqqatini jalb etdi. Fulton, Amerika hukumatining talabi bilan 1815 yili dastlabki bug'li harbiy kemani ham tayyorlashga muvaffaq bo'ldi.

 

1965 yil 11 fevral…"Yangi Adana" gazetasi jahon matbuot mukofoti bilan taqdirlandi.  

 1918 yilning 15 dekabr kunida 1 jahon urushi tugab, Usmoniylar imperiyasi yengilgan va tuzilgan shartnomalarga muvofiz tuproqlari bo'lina boshlagan damlar… Turkiyaning janubidagi Adana shahri va shahar atrofi fransiya tomonidan bosib olingan edi. Bu bosib olish voqeasidan 5 kun o'tib "Adana gazetasi" bir xabar bilan vatan mudofaasini boshlatib yubordi. Gazetaning faoliyatiga g'azablangan Fransuzlar, gazetani 3 son chop etganidan so'ng yopib qo'yishdi. Bu bosib olishni qabul etmagan gazeta rahbarlari Ahmet Remzi bey bilan Mehmet Avni Dogan, 5 kun o'tib "Yeni Adana” deb nomlangan yangi gazetani chop eta boshladilar. Lekin, fransuzlar gazeta rahbariyatini qamoq jazosiga tortib kuzata boshlaydilar va tipografiyani yopadilar. Lekin, gazeta rahbariyati boshqa shaharga borib o'sha yerda gazeta chop eta boshlaydi. “Yeni Adana” gazetasi, o'z vatanini himoya qilishga undovchi xabarlari bilan turkiyadagi siyosiy voqealarni yoritishda davom etadilar.

Ushbu gazeta, 1965 yilda Amerika Gazetaxonlar Birligi Fondi tomonidan berilgan Dunyo Matbuot mukofotiga loyiq deb topildi. Ushbu sovrinni olgan yagona va ilk gazeta “Yeni Adana” gazetasi bo'ldi.

 

2006 yil 11 fevral… Nemis arxeologlar Shanliurfa shahridagi Gobeklitepeda insoniyat tarixining eng qadimiy shakli deb ta'rif etilgan va xozirgi kunda ishlatilayotgan yozuvning dastlabki variantini kashf etdilar. Shanliurfa shahriga bog'liq Orenjik qishlog'iga yaqin bo'lgan tarixiy xazinalarga to'la Gobekli tepe mintaqasida tadqiqotlar hozirda ham qizg'in olib borilmoqda.


Tanlangan kalimalar: Tarixda bugun

Aloqador xabarlar