Tarixda bugun 20-yanvar

Bugun milodiy hisob bilan 2019-yil yanvar oyining yigirmanchi kunidir.

Tarixda bugun 20-yanvar
  • Birinchi Jahon urushi natijasida qulagan Usmoniy imperiyasi ortidan G’oziy Mustafo Kamol Otaturk rahbarligida mustaqillik uchun kurasha boshlagan Turklar, eng avvalo, Anqarada majlis tashkil etdi. 1920-yilning 23-apreli kuni ochilgan Turkiya Buyuk Millat majlisi 1921-yilning 20-yanvar kuni birinchi konstitutsiyasi sifatida “Teshkilat-i Esasiye qonuni" (Asosiy qonunlar) ni qabul qildi. Ana shundan keyin hukmronlik Istanbuldagi Usmoniy saroyining emas, “hech qanday shartsiz xalqning” ekanligini e’lon qilgan bu konstitutsiya, Respublika e’lon qilingunga qadar davlatning boshqarilish asoslarini belgilab berayotgan edi.   

 

  • 1990-yilning 20-yanvari kuni Ozarbayjon poytaxti Bokuda “Yanvar” qatliomi yuz berdi. Armanlarning tuproq talablariga norozilik bildirish uchun 13-yanvar kuni boshlagan ozarbayjonlar bilan armanlar o’rtasida Bokuda davom etgan to’qnashuvlarni to’xtatish bahonasi bilan 19-yanvardan 20-yanvarga o’tar kechasi Sovet armiyasi Bokuga kirib borib, yuzlagan ozarbayjonni qatl qildi. Sovet armiyasi Bokuga tanklar bilan kirib borar ekan ular poytaxtda 400 kishini nazorat ostiga oldi. Maqsadi Ozarbayjon Turklarining mustaqillik kurashidan voz kechtirishdan iborat bo’lgan bu qatliom, butun dunyo norozichiligiga yo’l ochdi. Ortidan esa 20-yanvar kuni Ozarbayjonda, “shahidlar kuni” deb e’lon qilindi.    

 

 



Aloqador xabarlar