Ertaga O‘zbekistonda xokkey bo‘yicha birinchi chempionat boshlanadi

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada “Binokor”, “Humo”, “Semurg‘” va “Toshkent” jamoalari ishtirok etadi.

Ertaga O‘zbekistonda xokkey bo‘yicha birinchi chempionat boshlanadi

Ertaga, 8-fevral juma kuni xokkey bo‘yicha O‘zbekiston birinchi chempionati boshlanadi.

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada “Binokor”, “Humo”, “Semurg‘” va “Toshkent” jamoalari ishtirok etadi.

O‘yinlar “Ice City” muz arenasida tashkil qilinadi.

Ikki oy davom etadigan chempionat doirasida 24 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Chempionat musobaqalari 17-mart kuni yakunlanadi. 



Aloqador xabarlar