Angliyaning Premer-liga kubogida Liverpul jamoasi Brigton jamoasini 1-0 hisobida mag’lub etdi

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh 50-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylandi.

Angliyaning Premer-liga kubogida Liverpul jamoasi Brigton jamoasini 1-0 hisobida mag’lub etdi

Angliyaning Premer-liga kubogida Liverpul jamoasi Brigton jamoasini 1-0 hisobida mag’lub etib eng yuqori ko'rsatkichga erishdi.

Angliya futbol ligasining 22-haftasida bo'lib o'tgan musobaqada Brigton jamoasi, Falmes stadionida bu yilning chempionlikga da’vogar jamoasi Liverpul bilan bellashdi.

Birinchi bosqichda har ikkala jamoa ham go'l urmasdan matchni barobar natija bilan yakunladi.

Bellashuvning ikkinchi bosqichida yana ham mohirona o'yin ko'rsatgan “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohning 50-daqiqada urgan goli bilan 1-0 hisobida g’alaba qozonildi. U 50-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylandi.

Ushbu g'alaba bilan chempionlik pog’onasini 57-balga ko'targan Liverpul jamoasi, o'zining eng yaqin raqibi hisoblangan Manchester Sitining balidan 7 daraja yuqori pog'onaga ko'tarib liganing eng yuqori ko'rsatgichga ega bo'lgan jamoasi bo'ldi.

Brigton jamoasi esa, 26 bal bilan 13-o'rinda turibdi.


Tanlangan kalimalar: Brigton , Angliya , Liverpool , Liverpul

Aloqador xabarlar