Argentina futboli afsonasi Maradona operatsiya bo'ldi

Maradonaning advokati Matias Morla tvitterdagi o'z sahifasidan tibbiy operatsiyaning juda muvaffaqiyatli o'tganligini ma’lum qildi.

Argentina futboli afsonasi Maradona operatsiya bo'ldi

Argentina futboli afsonasi Diego Maradona qornidagi grija sababli tibbiy operatsiya qilindi.

Maradonaning advokati Matias Morla tvitterdagi o'z sahifasidan tibbiy operatsiyaning juda muvaffaqiyatli o'tganligini ma’lum qildi.

"Maradonaning tibbiy operatsiyasi o'z nihoyasiga yetdi. Tangriga shukur, hech qanday muammo bo'lmadi. Uning tezroq shifo topib o'z ishini davom ettirishiga umidvormiz",-deb yozadi advokat Morla.

58 yoshdagi Maradonaning muolajasi tugashi uchun yana bir necha kun shifoxonada yotishiga to'g'ri keladi.

Meksikaning ikkinchi ligasidagi Dorades de Sinaloa jamoasining bosh murabbiyi bo'lishiga kelishib olish uchun 4 yanvar kuni Olivos shifoxonasida ko'riktan o'tgan Maradonaning oshqozonida yara borligi aniqlangan edi.

Bu kasallikning asosiy sababi sifatida uning 2015 yilida Venezuelada amalga oshirilgan oshqozon operatsiyasi ekanligi aytilmoqda.

Maradona shifoxonadan chiqishi bilanoq Dorados de Sinaloa jamoasini mashq qildirish uchun Meksikaga jo’nab ketishi kutilmoqda.

U hozirda Meksikaning “Dorados” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: futbol , Argentina , Diego Maradona

Aloqador xabarlar