Fatih Erdin dunyo chempionatida ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi

Dunyo chempionatida birinchi marotaba ishtirok etgan Fatih Erdin, kumush medalni qo’lga kiritdi.

Fatih Erdin dunyo chempionatida ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi

Erkin kurash bo’yicha erkaklari o’rtasida o’tkazilayotgan Dunyo chempionatida 86 kilogram vazn toifasida Fatih Erdin kumush medalni qo’lga kiritdi.

Vengriya poytaxti Budapeshtdagi Papp Laszlo stadionida o’tkazilgan kurash bo’yicha dunyo chempionatining ikkinchi kunida milliy kurashchi Fatih Erdin, erkin kurash bo’yicha 86 kilogram vazn toifasida Amerika Qo’shma Shtatlari nomidan ishtirok etgan David Morris Taylor bilan kuch sinashdi.

Dunyo chempionatida birinchi marotaba ishtirok etgan Fatih Erdin, raqibiga texnik ustunlik bilan 12-2 hisobiga mag’lub bo’lib, kumush medalni qo’lga kiritdi.

Ikkinchi bosqichda slovakiyalik Boris Makoyevni 8-7 hisobiga mag’lub qilgan Fatih Erdin, chorak finalda janubiy koreyalik Gwanuk Kimni 10-0 texnik ustunlik bilan, yarim finalda esa ispaniyalik Taimuraz Friev Naskidaevani 7-4 hisobiga yengib, o’z nomini finalga qayd ettirgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: Fatih Erdin , Dunyo chempionati , Erkin kurash

Aloqador xabarlar