Turk Dunyosining navbatdagi milliy sportlari festivali boshladi

Turk madaniyatining qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazib berish va Turk xalqlarining do’stligini mustahkamlash maqsadida uyushtirlgan Turk Dunyosining navbatdagi milliy sportlari festivali o’z ishini boshladi.

Turkiyaning Bursa viloyatida joylashgan “Otaturk” nomidagi stadiondagi ochilish marosimida “Mehtar” nomidagi turk harbiy orkestrasi bilan qilich-qalqon guruhi tomonidan namoyish uyushtirildi.

Ortidan ot sporti klublari tomonidan turli shoular namoyish etildi. Dastur yakunida esa xalq raqs namoyishlari ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.  

Festival 21-22 iyul kunlari Bursaning Kales tumanidagi Kojayaylada o’tkaziladigan tadbirlar bilan davom etadi.

Aloqador xabarlar