Muhammad Hamza Bakir Jahon chempioni bo’ldi

Kurash bo’yicha Jahon yulduzlari chempionatida Milliy sportchi Muhammad Hamza Bakir oltin medalni qo’lga kiritdi.

Muhammad Hamza Bakir Jahon chempioni bo’ldi

Kurash bo’yicha Jahon yulduzlari chempionatida Milliy sportchi Muhammad Hamza Bakir oltin medalni qo’lga kiritdi.

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida davom etgan musobaqada Muhammad Hamza Bakir yunon-rum kurashi bahslarida -110 kg vazn toifasidagi finalda ozarbayjonlik Sarkhan Mammadov bilan kuch sinashdi.   

Raqibi Mammadovni 9-0 hisobiga mag’lub qilgan milliy kurashchi, dunyo chempioni bo’ldi.

Kurash bo’yicha Jahon yulduzlari chempionatida milliy sportchilardan Serhat Kirik ertaga yunon-rum kurashi bahslarida -60 kg vazn toifasida oltin medal uchun kuch sinashadi.  

Serhat finalda, eronlik raqibi Eidi Badaghi Mofrad bilan bellashadi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Kurash bo’yicha Jahon yulduzlari chempionatida oltin medalni qo’lga kiritgan sportchilardan Hamza Alaja bilan Muhammad Hamza Bakirni tabriklab, telegraf yubordi.  

  

 

 

 



Aloqador xabarlar