Milliy sportchi Rukiye Yildirim, 46  kilogramm  vazn toifasida  oltin medal qo’lga kiritdi

Milliy sportchi Rukiye Yildirim,  Taekvondo bo’yicha Yevropa chempionatida 46  kilogramm  vazn toifasida  oltin medal qo’lga kiritdi.

Ayollar 46 kilogramm vazn toifasida o’lkamizni vakillik qilgan Yildirim finalda jang qilgan Niderlandiyalik Dina Pouryounnesi 28- 10 hisobi bilan mag’lub  etib oltin medal qozondi va Yevropa chempioni bo’ldi.

Yevropa Taekvondo federatsiyasi tomonidan uyushtirilgan kattalar Yevropa taekvondo chempionati  joriy yilning  10-13 may kunlarida Rossiya  o’tkazilmoqda.

45 o’lkadan 363  nafar sportchi jang qilayotgan kattalar  Yevropa Taekvondo chempionati Rossiyaning Qozon shahrida bo’lib o’tmoqda.  

Turkiya, chempionatda 9 nafar erkak va 13 nafari  ayol bo’lib jami 22 nafar sportchi bilan kurashmoqda.

Prezident Rajab Tayyib Erdog’an, Yevropa Taekvondo chempionatida oltin medal qozongan Rukiya Yildirimni tabrikladi.

Prezidentlik matbuot markazidan bergan bayonotga ko’ra, Erdo’g’an, Yildirimga telegraf  yo’llab, tabriklarini yetkazgan.

Tanlangan kalimalar: Medal , Taekvondo , Rukiye Yildirim

Aloqador xabarlar