Naim Suleymano’g’li bugun oxirgi manzilga kuzatilmoqda

Turkiyalik shtangachi Naim Suleymano’g’li davolanayotgan kasalxonada kecha 50 yoshida vafot etar ekan marhum uchun bugun dafn marosimi uyushtirilib, oxirgi manzilga kuzatilmoqda.

naim süleymanoğlu.jpg

Turkiyalik shtangachi Naim Suleymano’g’li davolanayotgan kasalxonada kecha 50 yoshida vafot etar ekan marhum uchun bugun dafn marosimi uyushtirilib, oxirgi manzilga kuzatilmoqda.

Janoza namozi Istanbuldagi “Fatih” nomidagi jome masjidida o’qilar ekan unda Bosh vazir Binali Yildirim, Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi vakili Akif Hamzachebiy, Yoshlar va sport vaziri O’sman Ashqin Bak va ko’plab siyosatchi, sportchi va san’atkor bilan birga yurtoshlar ishtirok etdi.  

Yoshlar va sport vaziri O’sman Ashqin Bak janoza na’mozining o’qilishidan oldin Naim Suleymano’g’lining vafoti yuzasidan chuqur qayg’uda ekanliklarini qayd etgan holda,

“Turk sportiga shu jumladan, og’ir atletikaning shtanga ko’tarish turining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan muhim insondan ajrab qoldik. Bunday muhim sportchiga ega bo’lishlik har mamlakatga ham nasib qilavermaydi” dedi.  

Turkiya Respublikasining 8-Prezidenti Turgut O’zalning o’g’li Ahmet O’zal ham Naim Suleymano’g’li haqida bergan bayonotida, Naim Suleymano’g’lining marhum otasining manaviy o’g’li bo’lganligini, o’zining ham manaviy ukasi ekanligini eslatib, marhum sportchining qanchalik yahshi inson ekanligiga to’xtaldi.

Suleymano’g’li Istanbulning Edirnekapi tumanida, milliy shoir Mehmet Akif Ersoyning yoniga dafn qilinmoqda.

Aslida Bolgariyada tug’ilib keyinchalik Turk fuqaroligini olgan marhum shtangachini “Turkiyada birinchi olimpiyada medalini qo’lga kiritgan afsonaviy sportchi” desak mubolag’a bo’lmaydi.

Roppa-rosa 3 ta olimpiyada, 8 ta dunyo chempionligida yutuqqa erishgan shtangachi 46 marotaba dunyo rekordi o’rnatgan.

Muvaffaqiyati ortidan Naim Suleymano’g’li 1998-yili mashhur “Time” jurnalining muqovasida o’rin olgan.

Aytib o’tish joizki Naim Suleymano’g’lining vafotiga Bolgariya ommaviy axborot vositalarida ham keng o’rin berildi.

Turkiyaning Bolgariyadagi diplomatik vakolatxonalari ham ijtimoiy media orqali ta’ziya izhor etdi.

 

 



Aloqador xabarlar