An’anaviy “Jirit” o’yini butun dunyoga tanitilmoqchi

Turk xalqlarining qadimiy, milliy ot sporti turlaridan biri hisoblangan “Jirit” yoki “Ot ustida nayza uloqtirish” o’yini ayniqsa Qirg’izistonda, Turkiyaning esa Erzinjan va Ushak viloyatlarida keng tarqagan.

840723
An’anaviy “Jirit” o’yini butun dunyoga tanitilmoqchi

Turkiyaning an’anaviy sport turlari federatsiyasi  (TGSDF) Raisi Hakan Kazanji “Jirit” yoki “Ot ustida nayza uloqtirish” o’yinini butun dunyoga tanitmoqchi ekanliklarini qayd etdi.

Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligiga mavzu haqida intervyu bergan Kazanji, bu sport o’yini turining Turk xalqlari orasida ayniqsa Qirg’izistonda keng tarqaganligini eslatgan holda, bu o’yin turini butun dunyoga tanitmoqchi ekanliklarini va buning uchun kerakli faoliyatlarni boshlatganliklarini ifoda etdi.    

Shuningdek Kazanji,

“Turkiyada ham, chet elda ham bu o’yin turiga bo’lgan talap yo’q emas lekin puxta tayyorgarlik uchun bizning ozgina vaqtga ehtiyojimiz bor. Maqsadimiz eng avvalo Turkiyada, ortidan esa butun dunyoga tanitishdir. Madaniyatimizning bir bo’lagiga aylangan, Turkiyaning Erzinjan va Ushak viloyatlarida sevib o’ynalgan jirit o’yinini xalqaro miqyosga olib chiqish uchun qo’limizdan kelishicha, hormay-tolmay mexnat qilamiz” deya gapirdi.

 

 



Aloqador xabarlar