Turkiya Kamondan o’q otish bo’yicha ikkinchi o’rinni qo’lga kiritdi

Ochiq havoda Kamondan o’q otish bo’yicha Jahon chempionati musobaqasida Turkiya nomidan ishtirok etgan milliy sportchi Yeshim Bostan kumush medalni qo’lga kiritdi.

Xalqaro Kamondan o’q otish federatsiyasi tomonidan Meksikaning Mexiko shahrida uyushtirilgan Ochiq havoda Kamondan o’q otish bo’yicha Jahon chempionatida ayollar o’rtasida o’tkazilgan musobaqaning birinchi ikki bosqichidan musobaqasiz o’tgan Yeshim Bostan uchinchi turda rossiyalik raqibi Alexandra Savenkovani 147-144 hisobiga mag’lub qildi.  

To’rtinchi turda hindistonlik raqibi Lily Chanu Paonamni 145-135, chorak finalda esa janubiy koreyalik raqibi Bomin Choini 148-145 hisobiga mag’lub qilgan milliy sportchi, yarim finalga chiqdi. Yarim finalda esa germaniyalik raqibi Kristina Heigenhauserni 145-141 hisobiga yengan Yeshim Bostan, finalga ko’tarildi.  

Finalda janubiy koreyalik Yun Soo Song bilan kuch sinashgan Turk sportchi 145-143 hisobiga mag’lub bo’lib, musobaqani ikkinchi o’rinda yakunladi.  

Aloqador xabarlar