Parijda o’tkazilgan erkin kurash bo’yicha jahon chempionati o’z nihoyasiga yetdi

Jahon chempionatida Turkiya milliy terma jamoasi 3 oltin, 1 kumush va 3 bronza medal sohibi bo’ldi.

797483
Parijda o’tkazilgan erkin kurash bo’yicha jahon chempionati o’z nihoyasiga yetdi

Fransiyaning poytaxti Parijda o’tkazilgan erkin kurash bo’yicha jahon chempionati o’z nihoyasiga yetdi.

Dunyoning yuzdan ortiq davlatidan eng sara polvonlar ishtirok etgan yilning eng nufuzli musobaqasida Turkiya milliy terma jamoasi kurashchilari ham o'z imkoniyatlarini sinab ko’rishdi.

Jahon chempionatida Turkiya milliy terma jamoasi 3 oltin, 1 kumush va 3 bronza medal sohibi bo’ldi.

Turkiya milliy kurashchilari Riza Kayaalp, Metexon Bashar va Yasemin Adar oltin medalga sazovor bo’ldi.

Olimpiada chempioni Taha Akgul kumush medalni qo’lga kiritar ekan, Soner Demirtash, Evin Demirxon va Atakan Yuksel bronza medal sohibi bo’ldi.

Turkiya jamoasi yunon-rum kurashi bo’yicha 3-o’rinni, erkin kurash bo’yicha 4-o’rinni egalladi, ayollar guruhi esa 5-o’rinni egalladi.

Oldingi ikki Yevropa chempionatida oltin medal sohibi bo’lgan Yasemin Adar jahon chempionligini qo’lga kiritgan birinchi turk ayol kurashchi sifatida tarix sahifalaridan joy oldi.

Chempionat tarixidagi eng ustun natijaga erishgan Turkiya ayollar milliy terma jamoasi jahon chempionatida birinchi marta 2 medalni birdaniga qo’lga kiritish baxtiga muyassar bo’ldi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar