Ramil Guliyev, Dunyo chempioni bo'ldi

Angliya poytaxti Londonda uyushtirilgan 16- Dunyo atletizm chempionatida yengil atletikachi Ramil Guliyev Turkiyaga oltin medal olib keldi.

Ramil Guliyev, Dunyo chempioni bo'ldi
Ramil Guliyev, Dunyo chempioni bo'ldi
Ramil Guliyev, Dunyo chempioni bo'ldi

Asli ozarbayjonlik bo’lgan milliy yengil atletikachi Ramil Guliyev, Angliya poytaxti Londonda davom etayotgan 16- Dunyo atletizm chempionatida erkaklar o’rtsida 200 metr masofada 20.09 soniyalik ko’rsatkich bilan oltin medalni qo’lga kiritdi. Turkiyaga birinchi Dunyo chempionligini olib bergan Ramil, g’alabasini Turk va Ozarbayjon bayroqlari bilan nishonladi.

16- Dunyo atletizm chempionatida Turkiya nomidan ishtirok etgan sportchilardan Ramil Guliyev, erkaklar o’rtasidagi 200 metrga yugurushda dunyo chempioni bo’ldi.

Angliya poytaxti Londonda uyushtirilgan chempionatning 7-kunida, erkaklar o’rtsida 200 metr masofada final musobaqasi o’tkazildi.

Fenerbaxche jamoasi sportchilaridan Ramil Guliyev, 20.09 soniyalik ko’rsatkich bilan Turkiya nomidan bu sohadagi birinchi oltin medalni qo’lga kiritdi.

TRT Spor telekanaliga bayonot bergan sportchi, bu g’olibiyatga erishishiga avvaldan ko’zi yetganligini, ishonganligini qayd etdi.

Ramil Guliyevni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an Twitter orqali tabrikladi.



Aloqador xabarlar