Yangi Turkiyaning birinchi kunida Anqarada kasb etgan manzara

1- | Shu yilning 24-iyuni kuni bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovida 26 million 330 ming 823 ovoz bilan g’alabaga erishgan Prezident Erdo'g’an kecha 9-iyul kuni TBMMda ont ichdi. Ortidan Turkiya Respublikasining asoschisi Otaturkning qabri o’rin olgan "Anitkabir" yodgorlik majmuasida bo'ldi. Oqshom vaqtida esa Prezidentlik qarorgohida, “Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi” o’tkazildi. Marosimda chet ellik davlat, hukumat, majlis va hay’at rahbarlari bilan birga Turkiyaning turli qatlami vakillari nomidan taklif qilingan mehmonlar ishtirok etdi. Mazkur marosim ortidan Prezident Erdo'g’an mehmonlari davlat, hukumat va majlis rahbarlariga kechki ovqat paytida ziyofat berdi. Kunning yakunida esa Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Yangi Turkiyaning yangi Hukumat tarkibini e'lon qildi. 

1-

Tanlangan kalimalar: Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an , Anitkabir yodgorlik majmuasi , Ont ichish marosimi , Yangi Turkiya