Matbuot sharhlari 20.02.2019

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1148828
Matbuot sharhlari 20.02.2019

                               

 

Yeni shafak gazetasi: “Erdo’g’an: Navbatdagi migrantlar oqimini yakka o’zimiz zimmamizga ola olmaymiz” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Istanbulda Budapesht jarayoni 6-vazirlar konferensiyasi ochilishida ma’ruza qildi.

“Idlib shartnomasi katta migratsiya oqimini oldini oldi. Agar, takror migrantlar oqimi yuz bergan taqdirda buni yakka o’zimiz zimmamizga ola olmaymiz. Turkiya tomonidan Suriyaning terroristlardan tozalangan hududlari eng tinch yashaydigan joylardir. “Xavfsiz zona” modeli suriyalik qochqinlarni vataniga qaytarish uchun eng to’g’ri yo’l bo’lib hisoblanadi”,-dedi Turkiya prezidenti.

Hurriyat gazetasi: “Fozil Say Bremenda konsert berdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, dunyo bo’ylab taniqli turk pianist va bastakor Fozil Say Germaniyaning Bremen shahrida o’zining katta konsert dasturini namoyish qildi.

Konsert dasturini Germaniya prezidenti Frank Volter Shteynmeyr va turmush o’rtog’i Elke Budenbender ham tomosha qildi. Konsertda Fozil Say Bremen filarmoniya orkestri jo’rligida Mozart, Leonardo Bernstein va Jorj Gershvin kabi mashhur bastakorlarning o’chmas asarlarini ijro etdi.

Vatan gazetasi: “ID karta bilan sayohat natijasida moldovalik sayyohlar soni 200 mingdan oshadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, kecha Turkiya va Moldova o’rtasida o’zaro ID karta bilan sayohat qilish davri boshlandi. Bu bilan Moldovadan Turkiyaga keladigan sayyohlar sonini 200 mingga chiqarish maqsad qilinmoqda. O’tgan yili Moldovadan Turkiyaga kelgan sayyohlar soni 13.25 foizga oshgan edi. Ya’ni, 194 ming sayyoh Turkiyaga sayohat qilgan edi.

Star gazetasi: “Childir ko’li sayyohlar nigohida” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya sharqida joylashgan Kars-Ardaxan viloyatlarini bir-biriga bog’lab turuvchi Childir ko’li hozirda xorijlik sayyohlar oqimiga uchragan. Kars va Ardaxan viloyatlari Turkiyaning eng sovuq territoriyalaridan biridir. Qishda odatda Childir ko’lining suvi muz bilan qoplanadi. Hozirda ko’ldagi muz qalinligi 30-50 smni tashkil qiladi. Sayyohlar muz bilan qoplangan ko’lda sayohat qilish va otli chanalarga minib tabiatning zavqini chiqarmoqdalar.

Xabar turk gazetasi: “Aort anevrizmasi jarrohligi amaliyotiga turk tamg’asi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, turk olimlar yurak tomirlarining anevrizmasi kasalligiga chalingan bemorga yopiq operatsiya bilan yangi tabiiy yurak qopqog’i va tomirlarini implantatsiya qilishga muvaffaq bo’ldi.  

Ankara universiteti Tibbiyot fakulteti yurak va tomir kasalliklari jarrohlik bo’limi ilmiy xodimi dotsent Serkan Durduyurak tomirlarining anevrizmasi kasalligiga chalingan bemorni yopiq operatsiya usuli bilan maxsus enesteziya metodini qo’llagan holda yangi jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi.

Anevrizma - tomirning devori yupqalashib, sharsimon ko‘rinishda shishib qolishi anevrizma deyiladi. Buning xavflilik jihati shundaki, normal tomirning qatlami uchtani tashkil qilsa, anevrizmada faqat uning bir qavati qoladi. Mushak va elastik qatlami yo‘q bo‘ladi. Shu sababli uning yorilib ketish ehtimoli bor va bu hayot uchun xavflidir. Eng yengil holatda ko‘z ko‘rmay qolishi, odamning falaj bo‘lib qolishi va eng yomoni – o‘limga olib kelishi mumkin.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot sharhlari , #gazeta

Aloqador xabarlar