Matbuot sharhlari 07.01.2019

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an,  bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o’rtasida 2019- yilining dastlabki uchrashuvi,  joriy oy ichida  amalga oshirilishi  kutilmoqda.

1120391
Matbuot sharhlari 07.01.2019

 

Star: “ Dunyoning nigohi Erdo’g’an- Putin uchrashuvida”

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an,  bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o’rtasida 2019- yilining dastlabki uchrashuvi,  joriy oy ichida  amalga oshirilishi  kutilmoqda. Yanvar oyida rejalagan Rossiya safari doirasida  Erdo’g’an va Putin bo’lajak uchrashuvida, Suriya inqirozi bilan bir qatorda S-400 havo mudofaa tizimini sotib olish,  o’zaro va mintaqviy mavzularda muhim qarorlar olishlari kutilmoqda.

 Yeni Shafak: “ Munbichliklar Turkiyadan istaklari. Bizni Asadga tark etmang”

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) himoya qilgan  bo’lginchi terror tashkiloti YPG/PKK va Bashar Asad rejimining qilgan zulmi sababli uy- joyini tark etgan Suriyaliklar,  Turkiya boshlatadigan operatsiyani kutib turibdilar. Suriyaning ko’plab hududidan Turkiyaga kelgan mazlumlar, “Bashshar Asadning  taktikasi bir o’yin, Munbichga  Asad qo’shin bostirib kirsa  qatliom qiladi” deyishadi. Turkiyaga boshpana olib kelgan mintaqa xalqi ehtimoli harakat bilan terrordan tozalanadigan uy- joylariga qaytishni  sabrsizlik  bilan kutib turibdilar.

Sabah: “ Avtmobil sektori respublika tarixining eksport rekordi”

Turk avtomobil sanoati o’tgan yil, 11 foiz ortish bilan 31,6 milliard dollarlik eksportga imzo qo’ydi. o’z  sektorida respublika tarixida eksportda  go’yo rekord o’rnatdi. O’tgan yil ham rekord bilan yakunlagan avtomobil sektori, yil mobaynida eksportda ketma – ket 13- chempionatga erishdi.  

Haber Turk: “ Anqaradan Rimga to’g’ridan-to’g’ri parvoz hayajoni ”

Turk havo yo’llar, 60 yildan keyin ilk marotaba bugun poytaxt Anqaradan  Italiyaning poytaxti Rimga parvoz qiladi.  Bundan tashqari Anqaradan yanvar oyida Angliya va Gruziyaning poytaxtlariga to’g’ridan- to’g’ri  Tbilisiga Anqaradan parvoz amalga oshiriladi.

Vatan: “ Turk  futbolchiga yuqori narx”

Trabzonsportning 19 yoshar o’yinchisi Abdulkadir O’mur, o’ynayotgan futboli bilan texnik direktor Unal Kahramanning  voz kechilmaslari qatorida joy olar ekan, Yevropaning yirik klublari ham  yosh sportchini  o’z klublariga  olish  uchun tashabbus qilmoqda. Angliyada chop etilgan Mirrorning xabariga ko’ra, Angliya Premier  ligasida  orqada qolgan 21 musobaqada   jami  54 ball bilan cho‘qqida joy olgan Liverpol,   Abdulkadir O’mur uchun  27 million funt sterling bermoqchi.

Xabarda Abdulkadir O’mur “ Turk futbolining eng yosh sportchisi” deb baholadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turk matbuotidan

Aloqador xabarlar