Matbuot sharhlari 06.12.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

Matbuot sharhlari 06.12.2018

                          

Xabar turk gazetasi: “Milliy harbiy samolyot shamol sinovidan o’tmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Yevropada ilg’or bo’lgan 5-avlod harbiy samolyot loyihasi asosida ishlab chiqarilayotgan milliy TF-X harbiy samolyoti shamol tunelida sinab ko’rilmoqda.

Samolyotni tezkor ravishda qurib bitkazishga kirishgan Turkiya samolyotning tashqi ko’rinishiga oxirgi ishlovni bermoqda.

Asosan, farqli tarzlarni o’zida mujassam qilgan mazkur harbiy samolyot 2033 yilga kelib muntazam ravishda ishlab chiqila boshlaydi va ungacha 400ta buyurtma olish maqsad qilinmoqda.

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya fuqaro aviatsiyasi tarixida iz qoldirdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, 176 davlatdan taxminan 2 ming aeroport a’zo bo’lgan Yevropa aeroportlari kengashining 2008-2018 yillarni o’z ichiga olgan hisoboti e’lon qilindi.

Hisobotga ko’ra, mamlakat miqyosida Turkiya oxirgi 10 yilda to’g’ridan yo’nalish markazlari sonini 191 foizga oshirdi.

Turkiya tranzit yo’nalish markazlarini 130 foizga, parvoz qilgan aeroportlar sonini 157 foizga oshirgan holda, Yevropada uchish tarmog’i sonini katta darajada oshirgan davlatga aylandi.

Star gazetasi: “Turkiyaning eng yirik harbiy kemasi “TCG Anadoli”ni topshirish muddati 1 yil oldinga ko’chirildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, bugungacha Turkiya dengiz floti uchun ishlab chiqarilayotgan “TCG Anadoli amfibiya hujum kemasi”ning inshooti tezlashtirildi.

Mazkur loyiha Turkiyaning eng yirik mudofaa loyihasi va global kuch bo’lish to’g’risidagi iddaosining eng katta isbotidir.

Mazkur kemani topshirish muddati 1 yil oldinga olindi. Ya’ni, “TCG Anadoli amfibiya hujum kemasi” 2020 yilda Turkiya dengiz kuchlariga topshiriladi.

Sabah gazetasi: “2018 yilda Izmirga kelgan sayyohlar ichida nemislar birinchi o’rinda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, joriy yilning oktyabr oyida Turkiyaga kelgan xorijlik sayyohlar soni avvalgi yilga nisbatan 25.5 foizlik ortish ko’rsatdi. Bu esa, 3.8 mln sayyoh demakdir.

Turkiyaga kelgan nemis sayyohlarning aksariyati asosan Izmir shahrini tanladi.

Izmir shahri shu yilning oktyabr oyigacha Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi davlatlardan kelgan jami 966 mingdan ziyod sayyohga mezbonlik qildi.

Joriy yilda Turkiyaga kelgan xorijlik sayyohlar ro’yxatida Rossiya birinchi o’rinni egalladi. Ya’ni, Rossiyadan bu yil jami 604 ming 73 sayyoh Turkiyaga sayohat qildi.

Ro’yxatdan ikkinchi o’rinni olgan davlat Germaniya bo’ldi. Joriy yilda Germaniyadan jami 589 ming 626 nafar sayyoh Turkiyaga keldi. Buyuk Britaniya esa uchinchi o’rinni egalladi. Buyuk Britaniyadan 264 ming 17 nafar sayyoh Turkiyaga sayohat qildi.

 


Tanlangan kalimalar: gazeta , matbuot sharhlari , Turkiya

Aloqador xabarlar