Matbuot sharhlari 12.09.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Matbuot sharhlari 12.09.2018

Star gazetasi: “Idlibga qarshi uyushtirilgan hujumlar siyosiy jarayonga to’siqlik qiladi”. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi Ibrahim Kalin qarorgohdagi kabina yig’ilishi davom etar ekan dunyoni Idlibga qarshi uyushtirilishi ehtimol bo’lgan hujumlarni to’xtatishga chaqirdi. Shuningdek, muammoni siyosiy yo’llardan hal qilish borasida kelishib olinishi kerakligini ta’kidladi. Kalin, “Idlibga qarshi uyushtirilgan hujumlar siyosiy jarayonga to’siqlik qilib, ishonchsizlikka yo’l ochadi. Yevropaga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatadigan darajada yangi migrantlar yaratadi. Shunday ekan G’arb, Amerika Qo’shma Shtatlari va mintaqa davlatlarini uyushtirilishi ehtimol bo’lgan hujumlarni to’xtatishga chaqiramiz” dedi.

Haber Turk gazetasi: Chavusho’g’li Idlib masalasiga to’xtalar ekan “Taklifimiz ma’lum” dedi. Ruminiyada uyushtirilgan Turkiya-Ruminiya-Polsha Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishi ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Suriyadagi vaziyatning hammani aloqador qilganligiga e’tibor qaratgan holda, bu borada bir xil fikrdagi davlatlar bilan birgalikda faoliyat olib borganliklarini qayd etdi. Idlibga qarshi rejim kuchlari bilan birga Rossiyaning hujumlarining ham davom etganligini eslatgan Mevlut Chavusho’g’li, “Taklifimiz ma’lum. (Idlibdagi) hujumlar to’xtasin. Terror tashkilotlarini yo’q qilish uchun birgalikda faoliyat olib boraylik” dedi.   

Yeni Shafak gazetasi: Tashqi ishlar vazirligi AQShga e’tiroz bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi voizi Hami Aksoy, “Falastin Ozodlik tashkilotining Vashingtondagi vakolatxonasining yopilishi haqidagi qaror Amerika Qo’shma Shtatlarining Yaqin Sharq Tinchlik jarayonida o’zining betarafligini yo’qotganligidan dalolat beradi” dedi. Aksoy, Turkiyaning Falastin xalqining yonida bo’lishlikni davom etajagini ta’kidladi.  

Vatan gazetasi: Suriya chegarasiga kattakon bayroq o’rnatildi. Turkiyaning Suriya chegarasidagi Shanliurfa viloyatining Jeylanpinar tumanidagi bir tepaligiga o’rnatilgan flagshtokka 150 kvadrat metrlik Turk bayrog’i o’sib qo’yildi. Jeylanpinar munitsipaliteti tomonidan 50 metrlik flagshtokka kattakon Turk bayrog’ining osib qo’yilishi tufayli tumandagi O’zbek mahallasi yaqinidagi tepalikda alohida marosim uyushtirildi. Marosimda Jeylanpinar munitsipalitet rahbari Menderes Atilla, Adolat va taraqqiyot partiyasining tuman rahbari Halid Shimshek bilan munitsipalitet majlisi a’zolari va ko’pchilik ishtirok etdi.   

Sabah gazetasi: “T625 rusumidagi vertolyotning birinchi faoliyati muvaffaqiyatli edi. Hatto tarix sahifalaridan o’rin olishi mumkin”. Turkiyaning birinchi o’ziga xos T625 rusumidagi vertolyoti Turk mudofaa va aviatsiya sanoatining bugungi kundagi dizayn va ishlab chiqarish tarmog’idagi muvaffaqiyatini yaqqol ko’rsatdi. Dvigatelni rivojlantirish loyihasida, mazkur tizimning eng asosiy nuqtasini tashkil etgan motorning prototipi tamomlandi va birinchi bosqich yani birinchi o’q uzish faoliyati muvaffaqiyatli o’tdi.     

 



Aloqador xabarlar