Matbuot sharhlari 07.09.2018

Turk mudofaa sanoati dunyoda muhim o'rinni egallamoqda.

Matbuot sharhlari 07.09.2018

 

Yeni Shafak gazetasi: "Turk mudofaa sanoati 10 milliard Turk lirasi boylikka ega"  

Turk qurolli kuchlarini kuchaytirish fondiga (TSKGV) bog'li sherigi bo'lgan va mudofaa sanoatida admiral kemasi sifatida baholangan shirkatlarning o'tgan yilgi hajmi bilan 10,5 milliard Turk lirasi bo'lgan. O'ziga xos, milliy, zamonabiy mahsulot va sistemalarni xorijga eksport qilinishi bilan boshda mudofaa sanoati bo'lib Turk sanoatida katta hissa qo'shmoqda. Turk mudofaa shirkatlari dunyoning eng buyuk 100 mudofaa shirkati orasida joy olmoqda.

 

Hurriyat gazetasi: "Turkiyada jannatmakon joylardan biriga, borgan qaytib boradi" 

Antalyaning Ibradi tumanida Turkiyaning eng katta, dunyoning uchinchi ulkan yerosti ko'liga ega Altinbeshik g'origa, har doim mahalliy va xorijlik turistlar qiziqish ko'rsatmoqda. Suvi mineralga boy bo'lgani uchun turkuaz rangidagi ko'l, g'orga kirgan quyosh nuri bilan mehmonlarni quvontirmoqda. Dengizdan 450 metr balandlikdagi g'orda, 400 metr uzunligida bir yer osti ko'liga bemalol kirish mumkin.

 

Vatan: “Nemis turistlarning Turkiya ziyorati davom etmoqda"  

Joriy yilning 7 oyida o'tgan yilga qaraganda 20 % o'sib 2 million 321 ming Nemis turist Turkiyaga tashrif etdi. Nemis turizm firmalari yana ko'p insonning Turkiyaga kelishini bildirmoqda. Germaniyada muhim tadqiqot shirkatlaridan biri bo'lgan Trevo Trend Bos mudiri Matthias Lange, "Turkiya jozibador bir o'lka, shuning uchun talab ko'p. Turkiyada kelajakda ham 100 % rag'bat bo'lishi kutilmoqda" dedi.

 

Star: “Turkiyaning ilk havochilik, fazo va texnologiya festivali: Teknofes"

Turkiyaning ilk havochilik, fazo va texnologiya festivali bo'lgan Teknofest 20-23 Sentyabr kunlari orasida Istanbul Yangi aeraportida o'tkaziladi. Faoliyatda, zamonaviy texnologiyalar, havochilik namoyishlari, kinolar, xalqaro tashabbuskorlar sammiti va faoliyatlari o'tkaziladi. Bellashuvlar, "Inson manfaatlariga xizmat qilgan texnologiya, uchuvchisiz havo vositalari, model samolyotlar, insonsiz suv osti vositalari, Robotik Fetih 1753, robotaksi, sun'iy ong" sifatida farqli kategoriyalardan tashkil topmoqda.

 

Sabah: “Havo y'oli yo'lovchi soni ortgan"

Turkiyada havo yo'li yo'lovchi soni, Avgust oyi yillik o'rtacha 4.8 % o'sib 22.8 millionga borib yetdi. Chet ellik yo'lovchi soni esa 10.8 % o'sdi. Yanvar-Avgust oylari yo'lovchi soni 12.5 % ortib 143.2 millionga bortib yetdi.

 


Tanlangan kalimalar: matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar