Matbuot sharhlari   29.08.2018

Tayyor kiyim sektori, Turkiyani xarid jannati qilish uchun amin qadamlar bilan ildamlamoqda.  Turkiya ayniqsa Yaqin sharq va Uzoq sharqning xarid markazi bo’ladi

Matbuot sharhlari   29.08.2018

 

Sabah: “ F-35 bilan dastlabki parvoz”

 Turk harbiy uchuvchisi, Amerika qo’shma shtatlari AQSh) parvoz ta’limlari doirasida, F- 35 samolyoti bilan dastlabki uchishini amalga oshirdi.  Qabul qilib olingan F- 35 samolyot,, Turk havo kuchlari qo’mondonligi inventarizatsiyasiga kirgan dastlabki 5- avlod harbiy samolyot xususiyatidadir.

Ko’rinmaslik qobiliyatiga ega,  radar tizimlari va havo kuchlari ustun qobiliyati bilan Sensor texnologiyalariga ega, F- 35 samolyotlaridan Turkiya bosqichma bosqich 100ta olishni rejalamoqda.

Haber Turk: "Rasmiy zaxira mollari iyulda ortdi"

Turkiya Respublikasi Markaziy bank,  2018- yili İyul  davri xalqaro zaxiralari va valuta likvidligi borasidagi  rivojlanishlarni  e'lon qildi. Shunga ko'ra, rasmiy zaxira  boylik o'tgan oyga nisbatan 2,4 foiz oshdi va 100,7 mlrd. dollarni tashkil etdi. Pastki bandlar bo'yicha valuta aktivlari o'tgan oyga nisbatan 3,9 foiz oshdi va 76,9 mlrd. Dollarni tashkil etdi.

Yeni Shafak: "Amerika fondidan juda muhim Turk obligatsiya qarori "

AQShda joylashgan Neuberger Berman moliyalashtirish kompaniyasi, turk banklarining xorijiy valutadagi depozitlarga investitsiyalarini himoya qilish to'g'risidagi  qaror qabul qildi.  Tashkilot  rahbari  Vivek Bommer katta Portfolio menejeri, " Turkiyaga sarmoya kiritgan tashkilotlar yaxshi holatda. Yirik korporatsiyalar va banklar Turkiyada yana ko’proq  investitsiyalar uchun  imkoniyati mavjud “ dedi.

Vatan: “ Vitrinalar Xitoylik va Arab  sayyohlar uchun  mos bo’ladi”

Tayyor kiyim sektori, Turkiyani xarid jannati qilish uchun amin qadamlar bilan ildamlamoqda.  Turkiya ayniqsa Yaqin sharq va Uzoq sharqning xarid markazi bo’ladi degan sektor namoyandalari, kolleksiyalari ham yangi talabga ko’ra o’zgarishga  boshladi. Xorijiylar  faqat xarid uchun Turkiyaga  kela boshlaganini ko’rgan tayyor  kiyim sektori, yangi mavsum kolleksiyalari xorjiylarga ko’ra  tayyorlanadi. Xorijiylar endi Turkiyaga faqat dengiz va quyosh uchun kelmaydi. Faqat xarid qilish uchun ham keladi deb qayd etdilar.

Star: Sharqiy Ando’li Kuzatish markazi 2020da faoliyatga o’tadi”

Turkiyaning eng yirik koinot tadqiqot loyihalari qatorida o’rin olgan Sharqiy Anado’li kuzatish uyi faoliyatga o’tadi.

Erzurumda 30ming 170 balandlikda Ko’nakli Karakaya tepaliklarida insho etilgan Sharqiy Anado’li Kuzatish uyi,  o’z ichida betakror xususiyatga ega teleskop bilan koinotni tadqiq qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Dunyoning eng ilg’or texnologiyalariga ega 3 kuzatish uyi qatorida o’rin oladigan Sharqiy Ando’li kuzatish uyi 2020da  faoliyatga o’tadi. Kuzatuv uyining xizmatga tushirilishi bilan birgalikda, dunyoning yetakchi astrofiziklari va kosmik olimlari Erzurumga kelishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: Matbuot , Turk

Aloqador xabarlar