Matbuot sharhlari 16.08.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Matbuot sharhlari 16.08.2018

Vatan gazetasi: Britaniyaliklarning turk lirasiga bo’lgan talabi katta. “Akbank” Bosh direktori Hakan Binbashgil chet el bozorlarida turk lirasiga bo’lgan talabning katta ekanligini qayd etar ekan Britaniyaning “The Guardian” gazetasi mamlakatning nufuzli birjalaridan biri ICE kassasida turk lirasining qolmaganligini ma’lum qildi. Gazeta shuningdek, yuqorida nomi tilga olingan birjaning internet sayti orqali xarid qilingan turk lirasining o’tgan oyga nisbatan 24 ming foizga oshganligini ma’lum qildi. 

Sabah gazetasi: Taniqli ishbilarmon Mark Faber turk boyliklariga sarmoya kiritishning ayni  vaqti ekanligini qayd etdi. Xalqaro moliyaviy bozorlardagi inqiroz tahminlari bilan tanilgan Mark Faber Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan boshlatilgan global savdo urushlarining yomon natija bilan yakunlashi mumkinligiga e’tibor qaratdi. Faber, “Savdo urushlari butunlay ahmoqlik. Global iqtisodiyot shundoq ham sekinlashgan bir davrda davom etmoqda” dedi. Bugungi kunda turk hissalarining xarid qilib olinishini mazmunli deb baholagan Faber, bir miqdor turk hissasi xarid qilib olaman. Menimcha vaqt, turk boyliklariga sarmoya kiritish vaqti” deya gapirdi.   

Yeni Shafak gazetasi: Amerikaning Turkiyaga qarshi ochgan iqtisodiy urushi o’z bozorini bankrot qildi. Turkiyaga moliyaviy urush ochgan Donald Trump boshqaruvi, Amerika bozorining e’tiborini yo’qotishiga yo’l ochdi. CNN International bozordagi pasayishni, “Turkiya bilan bo’lgan savdo urushi Amerika bozorlarini bankrot qildi” dedi. Fadi Hakura tomonidan qalamga olingan va CNN Internationalda chop etilgan yangiliklar tahlilida, “Turkiyani qo’ldan boy berishlik G’arbga qimmatga tushadi”  degan ifodalarga o’rin berdi.  

Star gazetasi: Rossiya turkiyaliklarga viza masalasida qulaylik yaratmoqda. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li navbatdagi Elchilar konferentsiyasida nutq so’zladi. Mazkur nutqida Chavusho’g’li, Rossiya tomonidan turkiyaliklar uchun yo’lga qoyiladigan viza qulayliklariga to’xtalar ekan bu borada, “Ishbilarmonlar va rasmiylar uchun vizalar bekor qilinmoqda. Rossiya bilan ishbilarmonlarimizga, ayniqsa yuk tashuvchi mashina haydovchilari uchun vizalarning bekor qilinishi masalasida qoida bo'yicha kelishib oldik” dedi. Chavusho’g’li, Rossiyadan vizalarni butunlay bekor qilishini istaganliklarini ham ifoda etdi.

Haber Turk gazetasi: Turkiyada iyul oyida chet elliklarga uy-joy sotishlarida ortish kuzatildi. Chet elliklarga uy-joy sotishlari 2018-yilning iyul oyida o’tgan yilning shu oyiga nisbatan 65.6 foiz ortib, 2 ming 858 taga yetdi. Shu doirada 2018-yilning iyul oyida Istanbuldan 956 ta, Antaliyadan 641 ta, Bursadan 176 ta, Yalovadan 167 ta va Sakariyadan 132 ta; eng ko’p Iroq, Eron, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Quvayt fuqarolari uy xarid qilib olgan.    

 



Aloqador xabarlar