Matbuot sharhlari 15.08.2018

Turkiya Prezidenti Rejeb Tayyib Erdo'g'an AQShga boykot qo'yilishini bildirdi.

Matbuot sharhlari 15.08.2018

 

Hurriyat gazetasi: "Prezident Erdo'g'andan muhim bayonotlar: 'AQShdan olingan mahsulotlarga boykot qo'yamiz' dedi"

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyib Erdo'g'an, Turkiyaning Amerika qo'shma shtatlarining (AQSh) eletronik mahsulotlariga boykot qo'yilishini bildirdi. Erdo'g'an, Siyosiy, Iqtisodiy va Ijtimoiy Tadqiqotlar Fondi (SETA) tomonidan Amerika Sadvo Doirasi (ASD) Congresiumda o'tkazilgan "Hukumronligining 16. yilligi tufayli Adolat va Rivojlanish partiyasi (AK Partiya) sempoziumi"da AQShning qarorlarini ko'zdan kechirib har turli tadbir olinganini va olishga davom etilishini izohladi.

 

Xabar Turk gazetasi: "Binali Yildirim: Turkiyani bu inqirozdan chiqartamiz"

Turkiyadagi favqulodda elchilar bilan ko'rishgan Turkiya Oliy Millat Majlisi (TOMM) rahbari Binali Yildirim, "Turkiya siyosiy maqsadda olib borilgan iqtisodiy hamkorlikka qarshidir. Turkiya bu inqirozdan muvaffaqiyatli chiqadi. Valyuta kursidagi o'zgarishlar Turkiyaning iqtisodiy ko'rsatgichi emas. Bu hodisalarning negzi iqtodiy emas, siyosidir" deb so'zladi.

 

Vatan: “Vazir albayrak xorijlik sarmoyadorlar bilan ko'rishadi"  

Xazina va  Moliya vaziri Berat Albayrak, ertaga chet ellik sarmoyadorlar bilan telekonferentsiya o'tkazadi. Albayrak, so'ngi iqtisodiy o'zgarishlardan keyin global investitorlarga to'g'ridan hitob qiladi. Telekonferensiyada, AQSh, Yevropa va Yaqin Sharqdagi sarmoyadorlar bilan dunyo bo'ylab 750-1000 ishtirokchi bo'lishi kutilmoqda.

 

Sabah "THY,  AQSh markazli tashkilotlarga reklama bermasligini bildirdi"

Turkiyaning ulkan shirkatlari AQShga qarshi reklama ambargosini qo'llab-quvvatlamoqda. Turk Telekomdan keyin THY ham bu borada bayonot berdi. THY, markazi AQSh bo'lgan shirkatlarga reklama bermasligini ma'lum qildi. THY matbuot maslahatchisi Yahya Ustun, ijtimoyi media orqali bergan bayonotida, THY sifatida Davlatimiz va Millatimizni dastaklaymiz. Mavzuga doir talimotlar ta'luqli agentliklarimizga bildirildi" deb ifoda etdi.

 

Star: “Van viloyatida Uratru madaniyatining oyoq izi"

Tarixiy Van Qal'asi atrofida, Istanbuıl Universiteti Adabiyot Fakulteti Van hududi Tarix va Arxeologiya tadqiqot markazi mudiri Dots. Dok. Erkan Koynar boshchiligidagi qozuv faoliyatlari chog'ida Uratru madaniyatining izi topildi. Konyar, 26 sm. uzunlikda va 36 nomen bo'lgani tahmin etilgan oyoq izi bo'lgan joyning olingani va laborotoriyada tekshiruvdan o'tkazilgandan keyin muzeyga topshirilishini izohladi.

 


Tanlangan kalimalar: Matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar