Matbuot sharhlari 13.08.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

Matbuot sharhlari 13.08.2018

 

Hurriyat gazetasi, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Trabzon shahrida o’tkazilgan Ak partiya majlisida Turkiya-AQSh o’rtasidagi inqirozni baholaganligini yozdi.

“Trabzondan turib shuni aytamanki, AQShning hiylasini ko’rdik va bu hiylani fosh etamiz. Siz dollar bilan bizga urush ochsangiz, biz ham boshqa choralar qidiramiz. Biz terrorchilik tashkilotini deb 81 millionlik aholisi bo'lgan mamlakat bilan sheriklik va  ittifoqchilikni qurbon qiladiganlar bilan xayrlashamiz”,-dedi Turkiya prezidenti.

Vatan gazetasi, “Moskvadan ba’zi turk fuqarolariga viza qulayligi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Rossiya tashqi ishlar vazirligi ba’zi talablarga javob bergan Turkiya fuqarolariga vizani bekor qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi bu haqda yozma bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 10-Elchilar konferensiyasi munosabati bilan 13-14 avgust kunlari Turkiyada bo’ladi. Konferensiyada Turkiya va Rossiya o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar muhokama qilinadi.

“Mamlakatlarimiz o’rtasidagi savdo hajmida kuzatilgan ortishni mamnuniyat bilan baholaymiz. Ziyorat chog’ida ikki davlat fuqarolarining o’zaro sayohatlarini qulaylashtirish masalasi muhokama qilinadi. Moskva Turkiya fuqarolariga ba’zi talablar bilan vizani bekor qilishga tayyor ekanligini ma’lum qiladi”,-deyiladi bayonotda.

Xabar turk gazetasi, “Savdo hamkorlikda olib boriladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya savdo vaziri Ruhsar Pekjan yangi davrda nodavlat tashkilotlari bilan faol hamkorlik qilishini va savdo hamda eksportni oshirish uchun proaktif siyosat olib borishini bildirib, “Bu doirada hamkorlik kengashi tuzdik. Tijoratning oldidagi to’siqlarni bekor qilish va xususiy sektorning oldini ochish maqsadida barchaning taklif va tavsiyalarini inobatga olamiz”,-dedi.

Sabah gazetasi, “Bilejikdan Fransiyaga 45 yuk mashinasida ulitka eksporti” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning Bilejik viloyatida “qora ukitka dolmasi” ishlab chiqargan zavod butun mahsulotini Fransiyaga eksport qilmoqda.

Star gazetasi, “Yasemin Jan Yevropa uchinchiligini qo’lga kiritdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya milliy atleti Yasemin Jan Yevropa atletizm chempionatida bronza medal sohibi bo’ldi.

Germaniya poytaxti Berlinda o’tkazilgan chempionatning finalida Turkiya milliy atleti Yasemin Jan musobaqani 3-o’rinda yakunlab, bronza medalni qo’lga kiritdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: xabarlar , matbuot sharhlari , Turkiya

Aloqador xabarlar