Matbuot sharhlari 09.08.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

Matbuot sharhlari 09.08.2018

 

Yeni shafak gazetasi, “Nozik uchrashuv” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya va AQSh rasmiylari Turkiyada uy qamog’ida bo’lgan Andrev Brunson ishi va bu masala yuzasidan Amerikaning Turkiya adolat va ichki ishlar vazirlariga sanksiya joriy etishi bilan avj olgan inqirozni muhokama qilish uchun muzokara o’tkazmoqda.

Vashingtonda bo’lib o’tayotgan muzokaralarda Turkiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal boshchilik qilmoqda.

Hurriyat gazetasi, “Po’lat eksportida ortish” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, joriy yilning 7 oyi mobaynida 2017 yilning ayni davriga nisbatan po’lat sektorida eksport 26.7% oshgan holda, 8.4 mlrd dollarga yetdi.

Bu davrda po’lat sektoridan eng ko’p mahsulot eksport qilingan davlatlar asosan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bo’lib chiqdi.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga amalga oshirilgan eksport yilning 7 oyida 2017 yilning ayni davriga nisbatan 62.9% oshgan holda, 3 mlrd 604 mln 730 ming dollarga yetdi.

Sabah gazetasi, “Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do’nmezdan muhim bayonot” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya energiya va tabiiy manbalar vaziri fatih Do’nmez atom stansiyada Akkuyu va Sinopdan keyin 3-ulkan loyiha Trakiyada barpo etilishini ma’lum qildi.

U “Trakiyadagi stansiyani Xitoy bilan hamkorlikda quramiz”,-dedi.

Star gazetasi, “Mixsiz qurilgan jome’ yillar bo’yi barxayot” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning Kastamonu viloyatidagi bir qishloqda Jandarog’li beylaridan Odil Beyning o’g’li Amir Mahmud Bey tomonidan mix ishlatilmasdan 1366 yilda qurdirilgan Mahmud Bey jome’-masjidi sayyohlarning e’tiboridan joy olmoqda.

UNESCO dunyo meros o’tkinchi ro’yxatiga olingan jome’-masjidini doimiy ro’yxatga olish uchun zarur faoliyatlar olib borilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: xabar , Turkiya , matbuot , gazeta

Aloqador xabarlar