Matbuot sharhlari 30.07.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1022338
Matbuot sharhlari 30.07.2018

 

Vatan gazetasi, “Erdo’g’an: Munosabatni o’zgartirish Trampning muammosi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Janubiy Afrika safari chog’ida turk jurnalistlarga amerikalik rohib Abdrev Brunson ishi bo’yicha intervyu berdi.

Oq uy va Pentagonning Brunson ishi bo’yicha bergan bayonotlari hamda AQSh prezidenti Trampning munosabatini o’zgartirishi haqida fikr bildirgan Erdo’g’an munosabatni birdan o’zgartirish Trampning muammosi ekanligini va aytilmagan gaplarni aytilgandek qilib ko’rsatish to’g’ri emasligini bildirdi.

Sabah gazetasi, “Erdo’g’an Tamimiy bilan suhbatlashdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Isroil tomonidan ozod qilingan Ahid Et-Tamimiyga qo’ng’iroq qildi.

Erdo’g’an jasorat mukofoti sohibi bo’lgan falastinlik jasur qiz Tamimiyni ko’rsatgan jasorati va kurashdagi matonati tufayli tabrikladi.

Star gazetasi, “Kiyevdan Kayseriga samolyot reyslari qo’yiladi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Ukraina poytaxti Kiyev shahridan Turkiyaning Kayseri shahriga to’g’ridan samolyot safarlari yo’lga qo’yiladi. Bu qaror turizmni rivojlantirishga hissa qo’shadi.

Yeni shafak gazetasi, “Pamukkaledagi “Jahannam eshigi” ziyorat qilinmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, UNESCO tashkilotining Dunyo meros ro’yxatiga olingan Hierapolis antik shahrida 5 yildan beri qazilma faoliyatlari olib borilmoqda. Qazilmalarda “o’liklar o’lkasiga o’tish eshigi” deb nomlangan Plutonyum” ya’ni “jahannam eshigi” sentyabr oyida ziyoratchilarni kutib qoladi.

Star gazetasi, Germaniya poytaxti Berlinda millatchilarning hujumiga uchragan Germaniya futbol terma jamoasida to’p surgan turk millatiga mansub futbolchi Mesut O’zilni qo’llab quvvatlash maqsadida bir guruh tarafdor namoyish o’tkazdi.

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya , #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar