• Video galereya

Matbuot sharhlari 12.07.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

Matbuot sharhlari 12.07.2018

 

Star gazetasi, “NATOda yangi Turkiya cho’qqisi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an shu kunlarda NATO sammitida ishtirok etish maqsadida Brusselda. Sammitda Turkiyaga e’tibor juda katta. Sammit doirasida imzolangan bayonnomada Turkiya bilan terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni yo’lga qo’yish tilga olindi.

Yeni shafak gazetasining yozishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li NATO sammiti doirasida g’arb davlatlari yetakchilariga aniq fikrlarini ifoda etdi. Jumladan, Chavusho’g’li  Turkiyaning Rossiyadan sotib olayotgan S-400 zenit raketa tizimlari bilan bog’liq “Turkiya NATOdan uzoqlashmoqda” degan tanqidlarga munosabatini bildirdi.

“Agar, NATOdagi ittifoqdoshlarimiz bu ehtiyojimizni qondirsa edi, biz ulardan sotib olardik. Kelgusi yil Rossiyadan birinchi zenit raketa tizimlari kela boshlaydi. Endilikda bu masalani muhokama qilishdan foyda yo’q”,-dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Vatan gazetasi, “Natsistlarning kelini umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Germaniyada 2000-2007 yillar orasida 8 nafar turk, 1 yunon va 1 nemis politsiya xodimini o’ldirganlikda ayblangan NSU harakatining tirik qolgan yagona a’zosi Beate Zchape umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi bu harakatning orqasida turgan kuchlar xatto sudga tortilmaganligini ma’lum qildi. Ushbu harakat bilan nemis mahfiy davlati o’rtasidagi aloqa fosh etilmadi.

Hurriyat gazetasi, “Zaytunyog’i ishlab chiqarish bo’yicha Turkiya birinchi o’rinda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, global miqyosda zaytunyog’i ishlab chiqarish darajasi 2016-2017 yillarda pasayib ketdi. Biroq, Turkiya bu vaqt mobaynida miqdor jihatdan ushbu mahsulotni eng ko’p ishlab chiqargan davlatga aylandi. Turkiya zaytunyog’i ishlab chiqarish darajasini 58 ming tonnaga ko’paytirgan holda, jami 208 ming tonnaga yetkazdi. Turkiya natijada dunyoda zaytunyog’i ishlab chiqarish bo’yicha 2-o’rinni egalladi.

Sabah gazetasi, “Nice Cave Istanbulda konsert berdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, avstraliyalik taniqli bastakor, kitob va stenariyalar muallifi Nice Cave 17 yil oradan so’ng, takror Istanbulda konsert berdi.

“The Bad Seeds” musiqiy guruhi bilan “25-Istanbul Jaz festivali”da sahnaga chiqqan san’atkorga muxlislari tomonidan katta e’tibor ko’rsatildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: xabar , Turkiya , matbuot sharhlari , gazeta

Aloqador xabarlar