Matbuot sharhlari 12.06.2018

Prezidenti Rejeb Tayyib Erdo'g'an "Kandilda harbiy operatsiya boshlatilgandir" dedi.

990811
Matbuot sharhlari 12.06.2018

 

Yeni Shafak:”Erdo'g'an: Kandilda operatsiyalarni boshlattik" deganini yozmoqda.

Turkiya prezidenti Rejeb Tayyib Erdo'g'an, Nig'da viloyatida maruza qildi. Erdo'g'an, "Kandilda harbiy operatsiyalarni boshlattik. 20 harbiy samolyot bilan 14 ta nuqta nishonga olindi, bombalandi va bu bitmadi yana davom etadi" dedi.

 

Sabah gazetas: "Turkiya iqtisodiyoti birinchi choyrakda 7,4 % o'stdi" deb yozmoqda.

Turkiya Statistika Kengashi, Yalpi ichki mahsulotning birinchi choyrak natijalarni ma'lum qildi. Bunga ko'ra Turkiya iqtisodiyoti 7,4 % o'sgan. Prezident Rejeb Tayyip Erdo'g'an, "Turkiya iqtisodiyoti 2018- yili birinchi choyrakda 7,4 % o'sdi. Yevropa Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti davlatlari orasida birinchi bo'ldi, G-20 davlatlar orasida esa ikkinchi o'rinda. Turkiya dunyoda jadal rivojlanishga davom etmoqda" deb bildirdi.

 

Xabar Turk gazetasi: "Istanbulga tashrif etgan turistlarning 25 % ni arablar tashkil etadi" deb yozmoqda.

Turkiya Memonxonalar Ittifoqidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, 2018 yili ilk choyrakda Istanbulga tashrif etgan turist sonining 4 million 200 mingga ko'tarilgani belgilandi. Bunlardan 967 mingi esa arablar bo'lar ekan, bu raqamlarning Istabulga tashrif etgan har 4 turistdan 1 teng kelgani ma'lum bo'ldi.

 

Vatan gazetasi: "Bor konlari birga ming qo'shadi" deb yozmoqda.

Energetika va Tabiiy Resurstlar vazirligi maslahatchisi Fatih Do'nmez, "Borning bir tonnasi 200 dollar ekan, sifatli mahsulotga aylanganda 300-400 ming dollargacha ko'tarilmoqda" deb so'zladi.

 

Star gazetasi: "Grizu-263 fazo vositasi AQShdagi fazo bellashuvlarida dunyo ikkinchi bo'ldi" deb yoritmoqda.

Bulent Ejevit Universiteti Muhandislik Fakultetida o'qigan studentlardan tashkil topgan 'Grizu 263' fazo vositasi, 2018 yil 8-10 Iyun kunlari orasida AQShda 'De model fazo uskunalari" bellashuvida dunyoda ikkinchi bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar