Matbuot Sharhlari 16.05.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

972186
Matbuot Sharhlari 16.05.2018

Sabah gazetasi: Prezident Erdog’an Netenyahuning qo’lida, falastinliklarning qoni borligini qayd etdi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Twitter hisobi orqali bergan bayonotida, (Isroil Bosh vaziri Binyamin) Netenyahuning qo’lida falastinliklarning qoni borligini, ayblarini esa Turkiyaga hujum qilish orqali yashira olmasligini qayd etdi. Prezident Erdog’an Netenyahuning, himoyasiz bir xalq tuprog’ini Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorini e’tiborga olmagan holda, 60 yildan ortiq bir vatqdan beri bosib olgan irqchi bir davlatning Bosh vaziri ekanligini ifoda etdi.   

Hurriyet gazetasi: Binali Yildirim AQShning Falastindagi harakatini tinchlikka qarshi uyushtirilgan sabotaj deya baholadi. Bosh vazir Binali Yildirim Amerika Qo’shma Shtatlarining Tel Avivdagi elchixonasining Quddusga ko’chirilishini, tinchlikka qarshi uyushtirilgan sabotaj ekanligini eslatgan holda, buning qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini qayd etdi. Mazkur qarorning Turkiya uchun hukmsiz ekanligini eslatgan Binali Yildirim Amerika elchixonasining ochilishi, tarix sahifalarida, musulmonlar qoni to’kilgan bir kun sifatida qo’lajagiga e’tibor qaratib, “nomutanosib kuch ishlatish orqali terakt uyushtirgan Isroil askarlarining mazkur zulm siyosatini lanat bilan qoralaymiz” dedi.

Star gazetasi: Sobiq Tunis Prezidenti, arablarning Quddus masalasida Turkiyani o’rnak olishi kerakligini qayd etdi. Tunisning sobiq Prezidenti Munsif Marzuki Istanbulda, Prezident Rajap Tayyip Erdog’anga va turk xalqiga Quddus masalasida tutgan pozitsiyasi va o’zini himoya qilishlari yuzasidan minnatdorchilik bildirib, “Arab hukumatlariga yo’q deganda pozitsiyalarini tuzatishlarini tavsiya qilgan bo’lar edim. Bu borada Turkiyani o’rnak olishlari mumkin” dedi.

Vatan gazetasi: Rossiyalik sayyohlar dam olish uchun yana Turkiyani tanladi. Rossiyaning Federal turizm agentligi (Rosturizm) tomonidan ma’lum qilinishicha, Mehnatkashlar kuni va G’alaba bayrami munosabati bilan may oyining boshida Rossiya fuqarolari dam olish uchun yana Turkiyaga kelgan. Agentlikning ta’kidlashicha Rossiya fuqarolarining 52.3 foizi, yuqorida nomi tilga olingan dam olish kunlari Turkiyaga kelgan.

Haber Turk gazetasi: Dunyo bo’ylab sayohatga chiqqan kattakon kema Kushadasida. Dunyo bo’ylab sayohatga chiqqan va Malta bayrog’i hilpiragan “Azamara Journey” deb nomlangan kema roppa-rosa 850 nafar yo’lovchisi bilan Turkiyaning Aydin viloyatining, Kushadasi tumanidagi “Ege Port” deb nomlangan bandargohga yonashdi. Yo’lovchilarning bir qismi sayyohlar avtobuslari orqali “Efes” nomidagi qadimiy shahar va “Maryam ona uyi”ni ziyorat qilar ekan, bir qismi esa shahar markazidagi bozorlarni aylanib, savdo qildi.  

 

 

 



Aloqador xabarlar