Matbuot sharhlari 17.01.2018

Bugungi turk matbuotidan olingan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

890198
Matbuot sharhlari 17.01.2018

Hurriyet gazetasi: Erdog’an: “Afrin amaliyotini suriyalik muxolifat guruh bilan birgalikda amalga oshiramiz” dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi guruh yig’ilishi ortidan jurnalistlarga bergan bayonotida, Suriyaning shimolida, terror uyiga aylangan Afringa qarshi amalga oshiriladigan amaliyotning suriyalik muxolifat guruh bilan birgalikda olib borilishini qayd etdi.

Sabah gazetasi: “Prezident Erdog’an tarixiy tashrif bilan Vatikanga boradi”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an joriy yilning 5-fevrali kuni Papa Francisning taklifiga binoan Vatikanga boradi. Prezident Erdog’anning katoliklarning ma’naviy yetakchisi Papa Francis bilan qo’lga oladigan eng muhim kun tartibi moddasi Quddus masalasi bo’ladi. Bu Turkiya Prezidentining so’ngi 59 yilda Vatikanga bo’lgan birinchi safaridir.  

Haber Turk gazetasi: Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi Hulusiy Akar PYD/ YPG hamkorligiga e’tiroz bildirdi”. Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar Belgiya poytaxti Bryusseldagi NATOning harbiy qo’mitasi Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raislari yig’ilishining ochilish marosimida so’zlagan nutiqda, “PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti ekanligi dalillar orqali isbotlangan terror tashkiloti YPG/ PYDning ‘harbiy amaliyot sherigi’ degan nom ostida qo’llab-quvvatlanishi va ularning qurollar bilan ta’minlanishiga ruxsat berolmaymiz va bermaymiz ham. Umid qilamizki bu xatodan eng qisqa vatq ichida qaytiladi” dedi.

Yeni Shafak gazetasi: “80 milliard liralık 20 loyiha” deb nomlangan xabarda, Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Turkiyaning rivojlanishiga ijobiy hissa qo’shadigan va importi yuqori tarmoqlar loyihasiga asoslangan rag’batlantirish tizimidagi 80 milliard liralık investitsiya loyihalari haqidagi qarorlarning yanvar oyining yakunigacha Vazirlar kengashida chiqarishni rejalashtirganliklarini qayd etdi. Zeybekchi, qo’llab-quvvatlanadigan loyihalar soninig ham 20 ya chiqqanligini qayd etdi.   

Star gazetasi: “Germaniya bozoridan 4 million sayyoh kutilmoqda”. Turkiya Sayohat agentliklari assotsiatsiyasining chet el vakili Huseyin Baraner, dunyoning eng yirik dam olish va turizm yarmarkalaridan biri hisoblangan va 13-yanvardan boshlab 21-yanvargacha davom etadigan 50-CMT (Karavon-Motor-Turizm) yarmarkasida Turk stendlariga katta qiziqish borligini ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar