Matbuot sharhlari 05.12.2017

Bugungi gazetalardan sharhlar...

Matbuot sharhlari 05.12.2017

                              

Hurriyat gazetasi, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an: “Men sarmoya harakatini cheklash to’g’risida buyruq bermadim. Bu bo’lmagan gap. Fathulloh Gulen harakati va PKK kabi terror tashkilotlari bilan bog’liq pullarni xorijga olib chiqib ketishga uringanlar uningsiz ham xoindir. Men shuni aytmoqchimanki, tadbirkorlarimiz milliy irodasini namoyon qilishi kerak”,-deya ta’kidlaganini yozdi.

“Turkiya erkin savdo iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakat hisoblanadi. 1989 yildan buyon xohlagan barcha pulini xorijga olib chiqib ketish huquqiga ega”,-dedi Turkiya prezidenti.

Star gazetasi, “Sharqiy Qoradengizdan 112 davlatga eksport amalga oshirildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Sharqiy Qoradengiz eksportchilar ittifoqi boshqaruv kengashi raisi Ahmad Hamdi Gurdog’an sharqiy Qoradengizdan yilning 11 oylik davrida 112 mamlakatga mahsulot eksport qilinganini ma’lum qildi.

“Trabzon, Rize, Artvin va Gumushxona viloyatlaridan yanvar-noyabr oylari mobaynida jami 1 mlrd 297 mln 797 ming dollarlik eksport amalga oshirildi”,-dedi Ahmad Hamdi Gurdog’an.

Yeni shafak gazetasi, “Shamol charxiga qanot yasadilar” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Sakariya universiteti muhandislik fakulteti mashinasozlik bo’limi xodimi dotsent Ekrem Buyukkaya va loyihada ishtirok etgan talabalar tonnalarcha og’irligiga qaramay, to’satdan burilish qobiliyatiga ega bo’lgan kitlarning suzgichlaridan ilhom olgan holda yangi avlod shamol charxiga qanot ixtiro qildilar.

Talabalar bu loyiha bilan mahsulot ishlab chiqarish kategoriyasida final bosqichiga ko’tarilgan 32 loyiha orasida birinchilikni qo’lga kiritdilar.

Birinchilik mukofotini qo’lga kiritgan Sakariya universiteti talabalari kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida yanada katta yutuqlarga erishishni maqsad qilmoqda.

Vatan gazetasi, “Beytulloh jahon chempioni” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, jismoniy nogiron bo’lgan suzish bo’yicha milliy sportchi Beytulloh Erog’li, Jahon jismoniy nogironlar o’rtasida suzish chempionatida jahon chempioni bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi.

Xalqaro paralimpiya komiteti bayonotiga ko’ra, Meksikaning poytaxti Mexikoda o’tkazilgan chempionatda suzish bo’yicha Turkiya milliy sportchisi Beytulloh Erog’li 50 metr kapalak suzishda 38.35 daraja bilan raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal sohibi bo’ldi.

Beytulloh Erog’li 100 metr erkin suzishda esa 4-o’rinni egalladi.


Tanlangan kalimalar: sharh , matbuot , gazeta , Turkiya

Aloqador xabarlar