Matbuot Sharhlari 14.11.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

Matbuot Sharhlari 14.11.2017

Haberturk gazetasi: “Erdog’an bilan Putin Suriya muammosini siyosiy yo’llar orqali hal qilishda hamfikr ekanliklarini qayd etdilar. Rossiyaning Sochi shahrida uchrashuv o’tkazgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Suriya masalasini qo’lga oldi. Prezident Erdog’an ushbu uchrashuv ortidan “Suriyadagi urushni muhokama qilish imkonini qo’lga kiritdik. Natijada muammoni siyosiy yo’llar orqali hal qilish uchun zamin tashkil etilganligi borasida hamfikrmiz” dedi. Putin esa Suriyadagi muammoni siyosiy yo’llar orqali hal qilishning qo’llab-quvvatlanishini orttirish borasida Hurmatli Prezident bilan hamfikrmiz” dedi.   

Star gazetasi: “Bosh vazir Binali Yildirim Eron Prezidenti birinchi o’rinbosari Ishoq Jahongiriy bilan telefon orqali muloqat qildi”. Bosh vazir Binali Yildirim Eron Prezidenti birinchi o’rinbosari Ishoq Jahongiriy bilan telefon orqali muloqat qilar ekan muloqat chog’ida Iroq-Eron chegarasi yaqinida yuz bergan yer silkinishi oqibatida jon berganlar uchun chuqur ta’ziya izhor etdi. Bosh vazirlik manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra bu murakkab kunda Eronning yonida ekanliklarini qayd etgan Yildirim, kerakli vaziyatda Turkiyaning Eronning dardiga darmon bo’lishka tayyor ekanligini ham o’z so’ziga ilova etdi. Jahongiriy esa muloqat uchun Binali Yildirimga minnatdorchilik bildirib, kerakli vaziyatda murojaat qilajaklarini yetkazdi.    

Hurriyet gazetasi: “2050-yili dunyoga hukmronlik qiladigan mamlakatlar ma’lum bo’ldi”. “PriceWaterhouseCoopers” xalqaro tashkiloti 2050-yillari iqtisodiy jihatdan eng kuchli va dunyoga hukmronlik qiladigan davlatlar to’g’risidagi tahminiy ro’yhatni chop etdi. Xarid qobiliyati pariteti ro’yhatiga ko’ra Turkiya 2050-yili birinchi onlikga kirishi mumkin. Bunga ko’ra Turkiya Yevropa davlatlarini ortda qoldiradi. 2017-yili dunyoga hukmronlik qilgan g’arb davlatlari 2050-yilga borib bugungi kuchiga solishtirganda o’z kuchini yo’qotadi.  

Sabah gazetasi: “Barclays Turkiya uchun o’sish tahminlarini ko’tardi”. Britaniyaning Barclays moliyaviy ittifoqi Turk iqtisodiyoti uchun 2017 va 2018 o’sish tahminlarini ko’tardi. Barclays, hukumat yo’lga qo’ygan kreditni qo'llab-quvvatlash masalasining, moliyaviy imtiyozlarning va yuqori eksportning ta’siri bilan Turk iqtisodiyotining kuchli o’sish tendentsiyasiga qo’l yetkazganligiga e’tibor qaratdi. 2017-yil uchun Yalpi ichki mahsulot o’sishining 5.2 foizdan, 5.9 foizga ko’targan Barclays, 2018 uchun tahminini ham 3.8 foizdan 4.1 foizga ko’tardi.   

Vatan gazetasi: “Mustafo Kamol merosi” G’oziy Mustafo Kamol Otaturk tomonidan 1918-yilning 13-noyabri kuni Bo’g’ozdagi ishg’olchi kemalarga qarshi “Qanday kelgan bo’lsa, huddi ana shunday qaytib ketadilar” degan so’zlari aytilgan va “Kartal II” deb nomlangan paraxod muzeyga aylantirilmoqchi. Nafaqaxo’r general-leytenant Jem Gurdenizning say-harakati bilan topilgan poroxod bundan keyingi bir yil mobaynida qayta tiklanadi. Muzey, Otaturkning ana shu tarixiy so’zini aytishining 100-yilligida ochiladi.

 

 



Aloqador xabarlar