Matbuot Sharhlari 31.10.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

837988
Matbuot Sharhlari 31.10.2017

Sabah gazetasi: “Uch davlatning mushtarak muvaffaqiyati”. Yo’lovchilarni bir vosita orqali Xitoydan Yevropaga yetkazuvchi tarixiy Ipak yo’lini qayta tiklaydigan Boku-Tbilisi-Kars temir yo’li, kecha Ozarbayjon poytaxti Bokudagi marosim bilan xalq xizmatiga ochildi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an ushbu ochilish marosimda so’zlagan nutqida, “London-Xitoy o’rtasidagi uzluksiz qatnovning ham yo’lga qo’yilganligini e’lon qilamiz. Qarorliligimiz asari hisoblangan bu loyiha barchamizning mushtarak muvaffaqiyati hisoblanadi. Kelajagimiz jihatidan shaxdam qadam tashlamoqdamiz. Bu ochilish marosimi orqali Yangi Ipak yo’li tashabbusi faoliyatlardan birini amalga oshirmoqdamiz. Bu liniyaning mintaqamizga bo’lgan foydasi faqatgina iqtisodiy jihati bilan cheklanib qolmaydi. Siyosiy jihatdan tinchlik, ishonch va barqarorlik; ijtimoiy jihatdan esa baxt olib keladi” dedi. Erdog’an shuningdek, “Qiyinchilik bilan yeyilgan achchiq piyoz, minnatdorchilik bilan yeyilgan boldan shirinroqdir” degan Ozarbayjon maqolini eslatgan holda, “Bu loyiha qiyinchilik bilan, peshona teri bilan yo’lga qoyilganligi uchun haqiqatdan ham muhimdir. Yurtim va xalqim nomidan ushbu loyihani barcha hududlarimiz va xalqim uchun yaxshilik olib kelishini Olloxtan tilab qolaman” deya gapirdi.

Hurriyet gazetasi: “Yirik loyihalarning natijalanishiga oz qoldi”. Trans Andolu Tabiiy gaz quvir liniyasi Bosh direktori Saltuk Duzyo’l, Turkiya-Gruziya chegaralaridan boshlab Eskishahargacha davom etadigan 350 kilometrlik liniyaning birinchi bosqichining o’z yakuniga yetay deb qolganligini qayd etdi. Duzyo’l, “Kelasi yilning boshidan e’tiboran quvir liniyasining to’ldirila boshlashi va tizimlarning sinovdan o’tkazilishi maqsadida quvir liniyasining Turkiya-Gruziya chegarasidagi kiraverish nuqtasida, tizimga gaz olina boshlaydi. Quvir liniyasi tizimini tashkil etuvchi barcha yer osti va yer usti ta’sislari gazli muhitda birma-bir sinovdan o’tkaziladi. Buning uchun qariyb 6 oylik muddat ajratdik. Hudo xohlasa 2018-yilning iyun oyida Turkiyaga tijoriy gaz topshirish faoliyatlari boshlatiladi” deya gapirdi.  

Haber Turk gazetasi: “Yangi Zigana tunnelining qurilishi tamomlanganida Yevropaning eng uzun, dunyoning esa ikkinchi eng uzun tunneli degan ro’yhatga kiradi”. Sharqiy Qora dengiz bilan Kavkazni, Yaqin Sharq bilan Eronni bir-biriga bog’lagan Trabzon-Gumushxane avtomobil yo’li ustida o’rin olgan tarixiy Ipak yo’li yo’nalishidagi Yangi Zigana tunnelida qozish faoliyatlari davom etmoqda. Tamomlanganida Turkiya va Yevropaning eng uzun, dunyoning esa ikkinchi eng uzun tunneli bo’ladigan va qurilishi 1.5 yil muqaddam boshlagan Trabzon-Gumushxane avtomobil yo’li ustidagi Yangi Zigana tunnelida bugungacha har ikki tomondan jami 8 ming 807 metrlik qozish faoliyatlari amalga oshirildi.  

Vatan gazetasi: F-35 rusumidagi urush uchoqlari 2018-yili Turkiyada bo’ladi. Turkiya 2002-yili doxil bo’lgan dunyoning 9 ta davlatining qo'shma konsortsiumi tomonidan ishlab chiqarilgan F-35 rusumidagi urush uchoqlarining birinchi mahsulatolaridan ikkitasi 2018-yili Turkiyada bo’ladi. Buyurtmalarning seriyaviy topshirilishi 2019-yili boshlaydi va Turk Qurolli kuchlarining inventar ro’yhatiga olinadi. F-35 rusumidagi urush uchoqlarining yangi manzili esa Turkiyaning Malatiya viloyatidagi “Erhach” nomidagi harbiy baza bo’ladi.   

Yeni Shafak gazetasi: “Turkiya erkaklar o’rtasidagi erkin va yunon-rim kurashida Bolqon chempioni bo’ldi”. Turkiyaning Bursa viloyatining Iznik tumanida yakunlangan yoshlar o’rtasidagi 3-Xalqaro Bolqon Kurash musobaqasida Turkiya, erkaklar o’rtasidagi erkin va yunon-rum kurashi bo’yicha g’olibiyatga erishdi. Musobaqada Turkiyadan tashqari Bolgariya, Ruminiya, Makedoniya, Bosniya va Gertsegovina, Ukraina, Serbiya, Albaniya va Yunoniston nomidan 160 sportchi ishtirok etdi. Erkaklar o’rtasidagi erkin kurashda Turkiya birinchi, Ruminiya ikkinchi va Bolgariya uchinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Turkiya yunon-rum kurashida ham birinchi o’rinni qo’lga kiritar ekan Bolgariya ikkinchi, Ruminiya esa uchinchi o’rinni qo’lga kiritidi. Ayollar o’rtasida esa Ruminiya chempion bo’lar ekan Turkiya ikkinchi o’rinni oldi.  

 



Aloqador xabarlar