Matbuot Sharhlari 12.10.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

Matbuot Sharhlari 12.10.2017

Yeni Shafak gazetasi: “Amerika Qo’shma Shtatlari viza muammosini hal qilish uchun Turkiyaga delegatsiya yubormoqda”. Turkiya va AQSh o’rtasidagi viza muammosini hal qilish uchun kelasi hafta AQSh Tashqi ishlar vazirligi nomidan Turkiyaga delegatsiya kelishi iddio qilindi. AQSh Tashqi ishlar vazirligi vakillari ushbu delegatsiyaga Tashqi ishlar vazirligi maslahatchi o’rinbosari Johnathan Cohenning rahbarlik qilajagini qayd etdi. AQShning Turkiyadagi elchixonasi yakshanba kuni twitter ijtimoiy tarmog’i orqali Turk fuqarolarining Amerikaga bo’lgan viza talablarining keyingiga qoldirilganligini ma’lum qilgar ekan Turkiyaning AQShdagi elchixonasi ham huddi mana shu muomalaga javob tariqasida AQSh fuqarolarining Turkiya uchun talab qilgan vizalarining keyingiga qoldirilganligini yana twitter ijtimoiy tarmog’i orqali e’lon qilgan edi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bu haqidagi buyruqning shaxsi tomonidan berilganligini ham bildirgan. Aytib o’tish joizki AQSh Bosh konsulligi xodimlaridan biri, Fetullahchi terror tashkiloti bilan aloqasi borligida ayblanib, nazorat osiga olingan edi. 

Star gazetasi: “Turkiya O’rtayer dengizidan umidvor, birinchi terang burg’ilash ishlari 2018-yili boshlamoqchi”. Antaliyadagi Energiya sammitida jurnalistlar savoliga javob bergan Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak, neft va tabiiy gaz tarmog’ida ilk burg’ilash ishlarining 2018-yilning boshlarida, O’rtayer dengizida o’tkazilajagini qayd etdi. Albayrak, “O’rtayer dengizidan umidvormiz” dedi. O’rtayer dengizidagi burg’ilash ishlari orqali ajoyib iqtisodiy ustunlikni ham qo’lga kiritajaklarini ta’kidlagan Albayrak, Turkiyaning yana bir pog’ona ko’tarilishi uchun energiya tarmog’ida tashqariga bo’lgan qaramligini kamayishining muhim ekanligini ta’kidladi.      

Sabah gazetasi: “Terror yo’lagiga qarshi to’rtta amaliyot uyushtiriladi”. Turkiyaning Iroq va Suriyaning shimolidagi terror yo’lagiga qarshi yo’lga qoyadigan harbiy rejalari quyidagicha: Hatay-Reyhanli chegara liniyasidan Idlibga kirgan Erkin Suriya armiyasi bilan Turk askarlarining birinchi rotasi Idlib shimolidagi Dar ta Izzah shaharchasi bo’ladi. Amaliyot rejasiga ko’ra birinchi nishon hisoblanadigan va Idlibdagi terroristlarni yo’q qilishni mo’ljallagan “supurgi amaliyoti” huddi mana nuqtadan boshqariladi. Idlib terrordan tozalanganidan keyin Idlib-Dar ta Izzah liniyasi, tashkil etilishi rejalashtirilgan “o’tish yo’lagining” birinchi bosqichi bo’ladi. Amaliyotning ikkinchi bosqichida o’tish yo’lagini Firat qalqoni mintaqasiga elitguvchi faoliyatlar boshlatiladi. YPG terror tashkilotini bo’g’ish amaliyoti doirasida terror tashkiloti nazoratidagi Afrinning janubidagi ko’proq arablar istiqomat qiladigan Tel Rifat tumani terror tashkilotidan qutqarilib, xavfsiz mintaqaga aylantiriladi.    

Vatan gazetasi: “Turkiya-Eron o’rtasidagi razvedka bo’yicha hamkorlik”. Oxirgi davrlarda diplomatik munosabatlarni orttirgan Turkiya va Eron PKK terror tashkilotiga qarshi birgalikda kurash olib boradi. Terrorga qarshi chegara xavfsizligi, razvedka bo’yicha hamkorlik va koordinatsiya masalalarida hamkorlik qiladi. Eng avvalo ikkala mamlakat o’rtasida PKK terror tashkilotining jismoniy aloqasining uzilishi va kamaytirilishi maqsad qilinadi.

Haber Turk gazetasi: “Turkiya Altay tankini seriyalab ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda”. Mudofaa Sano’ati maslahatchisi Ismail Demir, Turkiyada ishlab chiqarilgan harbiy tanki Altayning seriyalab ishlab chiqarilishi uchun o’tkazilishi qayd etilgan tender takliflarini kutayotganliklarini ma’lum qildi. Demir, MUSIAD tomonidan uyushtirilgan bir konferensiyada Altay tankining seriyalab ishlab chiqarilishi haqidagi savolga “hozirda takliflarni kutyapmiz” deya javob bergan edi. Sobiq Mudofaa vaziri Fikri Ishik shu yilning iyul oyida seriyalab ishlab chiqarish uchun tender o’tkazilajagini ma’lum qilgan edi.    



Aloqador xabarlar