Matbuot sharhlari 06.10.2017

Turkiya prezidenti Erdo'g'an shimoliy Iroqda o'tkazilgan referendumning oqil kishilar bilan muhokama qildi.

Matbuot sharhlari 06.10.2017

Sabah gazetasi, "Bul yo'ldan qaytinglar" deb yozmoqda.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an Eron safaridan qaytishda Iroq kurt mintaqaviy boshqaruvining 25- sentyabrdagi referendumi haqida mulohaza bildirdi, "Referendumga tashabbus etganlar albatta bir kun buning javobini beradi" degan Erdo'g'an. "Nima qilganliklarini bilmaydilar, Barzani bundan qaytishi kerak" deb ifoda etdi.

Vatan gazetasi, "Yangi taktika" deb yozmoqda.

Terror tashkiloti PKK a'zosi 7 nafar terrorist jonli qo'lga olingan Mug'lada bu marotiba 5 terrorist o'ldirildi. Ichki ishlar vazirligi mavzuga doir, terror tashkiloti PKKning Lazkiyadan Egey va O'rtayer dengiziga o'tmoqchi bo'lganini ma'lum qildi. Ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu ham "Terror tashkiloti, so'ngi paytlar Iroqning shimoli, Eron va Afrindan sizib kirishdan boshqa yo'llar ham topgandir" dedi.

Star gazetasi, "Arakanda o'lim bor dunyo qayerda" deb yozmoqda.

Oila va Ijtimoiy siyosatlar vaziri Fatima Betul Sayan Kaya, Arakan uchun nodavlat tahskilotlardan ayol vakillari bilan bo'lgan uchrashuvda  "Zulm va bosimlar, musulmon ayollarining, bolalarning azobini ko'rib turib madaniyatdan bahs etilmaydi. Dunyo zulmga ko'z yumsa ham Turkiya mazlumlarga yordam berishga davom etadi" dedi.

Hurriyat gazetasi, "Nay bilan hayoti o'zgardi" deb chop etmoqda. 

Yetimxonada voyaga yetgan Merve Bashog'lu, o'qituvchisining nay cholishini ko'rib o'zi ham o'rgandi va hayoti o'zgardi. Bashketn Universitetida Nayzanlik bo'limini o'qigan Merve, endi esa Fransiyaning Nice Konservatriyasiga qabul qilindi. Mervening, xarajatlarini Emine Erdo'g'an va Oila vaziri Fatma Betul Sayan Kayaning to'lashga harakat qilishi bildirdi.

Xabar Turk gazetasi, "G'alaba yagona yo'l" deb yozmoqda.

2018 yili Rossiya izida degan match bugun bo'ladigan musobaqa mahalliy vaqt bilan 21.45 da Izlandiya bilan bellashadigan A milliy jamoasining maqsadi g'alaba qozonishdir. Polsha Futbol Federatsiyasidan Szymon Marjinik matchni boshlatdi.


Tanlangan kalimalar: matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar