Matbuot sharhlari 12. 09. 2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

Matbuot sharhlari 12. 09. 2017

Yeni Shafak gazetasi: “Rossiya va Eron bilan munosabatimiz yaxshi”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Qozog’iston safaridan qaytar ekan hamrohligidagi jurnalistlarga bayonot berdi. Erdog’an, “Idlib haqida shuni aytmoqchimanki 14-sentabr kuni Ostonada bo’lib o’tadigan sammit katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda Idlibda, Rossiya bilan avval kelishib olganimizdek jarayon davom etmoqda. Rossiya bilan bu borada hech qanday muammomiz yo’q. Huddi shunday vaziyatni Eron uchun ham aytishimiz mumkin. O’ylaymanki munosabatimiz Ostona sammiti ortidan ham huddi shunday davom etadi” dedi.

Star gazetasi: “Arakanga keng ko’lamli yordam berish faoliyati o’z ishini boshladi”. Prezident Erdog’anning rahbarligida boshlatilgan va arakanlik musulmonlarga atalgan keng ko’lamli yordam berish faoliyatlari boshlatildi. Bu borada Bosh vazir o’rinbosari Rejep Akdag’ning qayd etishicha Bangladesh bilan, Bangladeshda jon saqlagan arakanlik musulmonlar uchun doimiy va uzluksiz yordam berish masalasini qo’lga olish mazmunidagi uchrashuvlar boshladi. Turkiyaning insoniyatning vijdoniga aylanganligini ta’kidlagan Akdag’, “Turk xalqining dovyurakligi oqibatida yig’ilgan moliyaviy manbaalar orqali arakanlik musulmon qardoshlarimizga yana bir bor yordam qo’llarimizni uzatamiz. Bu vaziyat bizning diniy ishonchimizning, bor bolishimizning sababidir” dedi. Arakanlik musulmonlarga yordam berish uchun Turkiyada alohida veb sayti ham ochildi. Bunga ko’ra mintaqaga yordam bermoqchi bo’lganlar www.arakansahipcik.org deb nomlangan sayt ustidan bank hisob raqamlariga erishishi mumkin.

Hurriyet gazetasi: “Britaniyalik bir yozuvchi nigohida Sinop sayohati”. Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasi muxbirlaridan Joshua Allen, Turkiyaning eng tinch shahri deb topilgan Sinopga qiziqib, yo’lga tushdi. Sinopga yetib kelgan Allen, bu ajoyib shaharni “Turkiyaning eng baxtli shaxri” deb topilishiga sabab bo’lgan jihatini izlab topmoqchi bo’ldi. Allen Sinop shahrini izohlar ekan, “Yunon faylasufi Diyojen mana shu yerda, Sinopda tavallud topgan. Faylasuf odam bolasiga qo’lda bor-yog’i bilan baxtli bo’lishni yetkazar ekan Sinop ham bunga amal qilgandek” deya gapirdi. Shuningdek Sinopning ayniqsa, tabiiy go’zalliklarining ko’z qamashtirganligini ta’kidladi. Kichkinagina shahar hisoblangan Sinopta hammaning bir-birini taniganligini va insonlar ortasidagi ajoyib munosabat yuzasidan tinchlikning hukm surganligini eslatib o’tgan britaniyalik muxbir, xalq orasidagi birdamlikga e’tibor qaratmoqda.   

Sabah gazetasi: “Dubay pasayib, Turkiya ko’tarilib bormoqda”. Bu yil on oltinchisi uyushtirilgan Dubaydagi “Cityscape Global 2017” yarmarkasida firmalarga birinchi marotaba issiq savdo huquqi berildi. Lekin issiq savdo huquqidan faqatgina Dubayda loyiha ishlab chiqargan firmalargina foydalana oldi. Bu huquqning, to’xtab qo’lish arafasidagi Dubay ko’chmas mulk bozorini jonlantirish maqsadida berilganligi qayd etildi. Yarmarkada bayon etilgan ma’lumotlar,  Birlashgan Arab Amirliklarining ko’chmas mulk tarmog’i borasida ajoyib raqamlarini ham o’rtaga qoydi. Ma’lumotlarga ko’ra BAAda qurilishi davom etgan va qiymati 227.9 milliard AQSh dollari deb hisoblangan 7 ming 878 ta ko’chmas mulk loyihasi bor. Dubaydagi 2 ming 812 ta loyihaning qiymati esa 121.1 milliard AQSh dollariga teng. Loyihalarga bo’lgan talab kamayganligi bois, ko’chmas mulk savdosiga tayangan yurt iqtisodiyotida muammo tug’dirmoqda. Issiq savdo ayniqsa Turkiyadagi ko’chmas mulk yarmarkalarida katta qiziqishga yo’l ochgan usul hisoblanadi.       

Vatan gazetasi: “Tosh tobut qalbakisining o’rniga qoyiladi”. Perge nomidagi antik shahardagi noqonuniy qazish ishlari chog’ida topilib qariyb 50 yil muqaddam chet elga olib qochilgan “Gerakl” tosh tobuti Shveytsariyadan Turkiyaga 13-sentabr kuni olib kelinadi. Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra Antaliyaning Aksu tumanidagi Perge antik shahridagi noqonuniy qazish ishlari chog’ida topilgan va chet elga olib qochirilgan “Gerakl” tosh tobuti vazirlik vakillari tomonidan Jenevada qabul qilinib olindi. Qariyb 50 yil ortidan o’z tuprog’iga qaytadigan “Gerakl” tosh tobuti Turkiyaga olib kelinganidan keyin Antaliya muzeyi direktorligiga topshiriladi va huddi ana shu muzeyde namoyish etiladi.   

 

 

 

 



Aloqador xabarlar