Matbuot Sharhlari 11.08.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

Matbuot Sharhlari 11.08.2017

Sabah gazetasi: “Turkiya, butun dunyoga quyosh panellari eksport qilmoqchi”. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak Turkiyada ishlab chiqarilgan mahalliy quyosh panellarining 2018-yilning oxirigacha mintaqaga eksport qilmoqchi ekanliklarini qayd etdi. Faqatgina Qora dengizda emas ayni vaqtda O’rta yer dengizida ham yana-da faol ravishda neft qidirmoqchi ekanliklarini yetkazgan Berat Albayrak, “Turkiyaning tubida yoki ustida nimaiki bo’lsa hammasini topamiz” deya gapirdi.  

Hurriyet gazetasi: “Qozog’iston EXPOsida Turkiya delegatsiyasiga Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi rahbarlik qildi”. Qozog’iston EXPOsida ishtirok etgan turk delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, “XXI asr turk va qozoq yili bo’ladi. Shunday ekan keling o’rtamizdagi to’siqni qulataylik” dedi. Qariyb 1000 kvadrat metrlik maydonga qurilgan Turkiya pavilionida uyushtirilgan “Turk kuni” uchun poytaxt Astanaga Iqtisodiyot vaziri vakillari, ishbilarmonlar, “Dirilish Ertug’rul” kinoserialining aktyor va aktrisalari, qo’shiqchi Buray va “Anado’lu Ateshi” raqs ansambli ham bordi.

Star gazetasi: “Ergene botqog’ini yo’q qilish uchun faoliyat boshlatildi”. Trakiyaning 40 yillik dahshatli “Ergene” botqog’ini yo’q qilish uchun birinchi marotaba faoliyat boshlatildi. Botqoqning milliy tunnel qazish mashinasi orqali yo’q qilinajagini qayd etgan O’rmon va suv ishlari vaziri Veysel Ero’g’li, “Ergene daryosi orqali butun soylar tozalanadi. Loyiha esa 2019-yili o’z nihoyasiga yetadi” deya gapirdi.

Haberturk gazetasi: “629 yillik qo’ng’iroq Turkiyaga qaytarilmoqchi”. Eron, “Urmiya” nomidiga antropolgik muzeydagi roppa-rosa VII asrlik cherkov qo’ng’irog’ini Turkiyaga qaytarib bermoqchi.

Muzey rahbari o’rinbosari Mirhadi Kareseyyed-Romiani,

“Erondagi butun tarixiy yodgorlik va asarlarni kerakli barcha qonuniy tartib-qoidaga amal qilgan ravishda ishlab chiqarilgan mamlakatlarga qaytarib berish siyosati boshlatdik” dedi.

Bu siyosatning Eronning tinchlik va do’stlik madaniyatiga borib taqalganligini belgilab o’tgan vakil,

“Barcha qonuniy jarayonlar o’z nihoyasiga yetganidan keyin mamlakatning haqiqiy ko’rinishi yani qo’shnichilik va odamgarchiligini butun dunyoga namoyish eta olishimizga ishonchim komil” deya gapirdi.  

Qayd etilishicha, 1377-yilning 7-iyulida Turkiyaning Van viloyatidagi Muqaddas Maryam cherkoviga taqdim etilgan qo’ng’iroq, urush vaqtlarida Eronga olib borilgan bo’lib, u hozirgacha “Urmiya” nomidagi antropologik muzeyda sqqlandi.

Vatan gazetasi: “Guliyev oltin medalni qo’lga kiritdi”. Asli ozarbayjonlik bo’lgan milliy yengil atletikachi Ramil Guliyev, Angliya poytaxti Londonda davom etayotgan 16- Dunyo atletizm chempionatida erkaklar o’rtsida 200 metr masofada 20.09 soniyalik ko’rsatkich bilan oltin medalni qo’lga kiritdi. Turkiyaga birinchi Dunyo chempionligini olib bergan Ramil, g’alabasini Turk va Ozarbayjon bayroqlari bilan nishonladi. Aytib o’tish joizki Yasmani Copello Escobar ham, Turkiya tarixida birinchi marotaba erkaklar o’rtasidagi Dunyo chempionligida kumush medalni qo’lga kiritgan edi.  

 



Aloqador xabarlar