Matbuot Sharhlari 19.06.2017

Turkiya, o’zi  loyihalashtirgan havo vositalarini Parij Air Shovda namoyon etadi. Ko’rgazmada, TAI tomonidan loyihalashtirib ishlab chiqarilgan Hurkush ta’lim samolyoti uchish namoyishi uyushtiradi.

Matbuot Sharhlari   19.06.2017

Vatan gazetasi: “ Air Shovga Turkiya ta’siri”

Dunyoning eng yirik aviatsiya va koinot ko’rgazmasi Parij AirShov, ertaga o’z eshiklarini Le Bourget aeroportiga ochadi. Aviatsiya sanoatidagi so‘ngi rivojlanishlarni   namoyon qiladigan ko’rgazmaga  bu yil Turk aviatsiya sanoat mahsulotlari  ham o’z ta’sirini qoldiradi.  Turkiya, o’zi  loyihalashtirgan havo vositalarini Parij Air Shovda namoyon etadi. Ko’rgazmada, TAI tomonidan loyihalashtirib ishlab chiqarilgan Hurkush ta’lim samolyoti uchish namoyishi uyushtiradi.

Kelgusi yil osmonda  parvoz qiladigan 12 o’rinli, 6 tonna vaznda, ham  harbiy hamda noharbiy maqsadda foydalanish mumkin  bo’ladigan  T625 vertolyotlari namoyish etiladi. TAI T 129 ATAK, qurolli  uchuvchisiz havo vositasi holiga keltirilgan ANKA-S ham Statik maydonda namoyish etiladi.

Haberturk: “ Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) va Turkiya o’rtasida F- 35 bitimi”  

Turkiya bilan bir qatorda 11 o’lka kamida 440ta  F- 35 jet  samolyoti sotib olish uchun kelishuvga bordi.

37 milliard dollar miqdorida bo’lishi kutilgan bitim bir rekord ekanini ma’lum qilmoqda.

2006- yilidan beri ishlab chiqarilishga boshlagan xayolot samolyotlar, zamonaviy texnologik va yangilangan shakli bilan ertaga boshlaydigan Parij Aviatsiya  ko’rgazmasida namoyish etiladi.  

O’tgan hafta F- 35 sotib olmoqchi bo’lgan 11 o’lka rasmiylari AQShning Maryland shtatidagi Baltimore  shaharida yig’ilib   F- 35  jetlariga qo’shimcha uskuna ishlab chiqargan Northrop Grumman  ish o’rinlarida tadqiqot olib borib shat- sharoitini muhokama qilgan edi.

Turkiya bilan bir qatorda  namoyandasi bo’lgan o’lkalar Avstraliya, Daniya, Isroil, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va AQSh o’rin oldi.

Star gazetasi: “ Turk harbiylari Qatar qo’shini bilan mushtarak mashg’ulot o’tkazadi”

Turkiya bilan Qatar o’rtasida kelishuvga borilgan bitimga binoan Qatarga harakat qilgan Turk harbiylari,  mitaqaga yetib bordi. Turk harbiylari Qatar qo’shini bilan birgalikda bir qator mushtarak  harbiy mashg’ulot olib boradi.
Qatarning mashhur Al Jazira, Turk harbiy birliklari mintaqaga yetib borganini va Qatar qo’shini bilan birgalikda bir qator mushtark harbiy mashg’ulot olib borishini dunyoga e’lon qildi. Saudiya Arabiston, Misr, BAA, Bahrayn, Yaman kabi o’lkalar  bilan bir   qatorda juda ko’p sonda ko’rfaz o’lkasi hafta boshida Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzib tashlagan va Qatarga qarata ba’zi sanksiyalar e’lon qilgan edi.

Ushbu izohlarning ortidan Turkiya oliy millat majlisida ovoz berish natijasida Qatarga askar yuborish tasdiq qilingan edi.
Sabah Gazetasi:” Shafqat kemasi G’azohga qarab  yo’l olmoqda”

Isroil tomonidan qurshovga olingan G’azoga 10 ming 600 tonna yordam materialni yetkazib beradigan “ Acqua Stella” kemasi  kecha yo’l olishga boshladi.

Yordam mahsulotlari ichida bo’lgan oziq- ovqat moddalari bilan bir qatorda, o’yinchoqlar, velosipedlar va bayram kiyim- kechaklari bilan Falastinlik bolalar yaxshi bir bayram o’tkazadi.  

Kemada 18 ming 10 o’yinchoq, 32 ming maktab materiali, 50 ming oziq- ovqat qutisi, 5 ming tonna un, 100 tonna biskvit, 50 ming kiyim, ming bayramlik kiyim va   ming 10 velosiped joy olmoqda.  

Yeni  Shafak Gazetasi: “ Daniyada Islomni Gullar bilan anglatdilar”

Daniya Islom jamiyati yoshlar   tashkiloti, shahar hokimlik maydonida atrofida model minoralar joylashgan chodirda “ Men musulmon” tadbiri uyushtirdi. Mediada o’rin olgan Islom va Musulmonlarga qarshi salbiy  tasvirlash bilan tashkil topgan noto’g’ri tushunishlarni  bartaraf  etishga harakat qilgan yoshlar, gul  tarqatib Daniyaliklarga Islom va Musulmonlarni anglatdi. Ko’ngilli yoshlarga  yurtdoshlar va sayyohlar ijobiy munosabat bildirdi.

Daniya Islom jamiyati yoshlar   tashkiloti tomonidan oxirgi 6 yilda Islom va Musulmonlarni  Daniyliklarga anglatish uchun turli tadbirlar uyushtirib kelmoqda . Daniya Islom jamiyati yoshlar   tashkiloti qish oylarida yurtdoshlarga  issiq  shokolad va non tarqatib Islom va Musulmonlarni ijobiy tasvirlashga harakat qilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: Jurnal , Gazeta , Matbuot , Turk

Aloqador xabarlar