Matbuot sharhlari 29.06.2014

Hurriyat gazetasi, Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Tener Yildizning jahon neft kongresiga qatnashish maqsadida Moskvaga safar qilganligini yozdi.

110987
Matbuot sharhlari 29.06.2014



Hurriyat gazetasi, Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Tener Yildizning jahon neft kongresiga qatnashish maqsadida Moskvaga safar qilganligini yozdi.
Taner Yildiz noyabrdan fevral oyigacha bo’lgan vaqt Turkiya uchun nozik davr ekanligini tilga olib, Rossiya bilan tuzilgan tabiiy gaz shartnomasi 2015 yilning 1 yanvar kunidan e’tiboran neft bahosini kamaytirish fursatini berganligini va bundan foydalanishini bildirdi.
Moviy oqim tarmog’idan yana 3 milliard kubametr gaz talab qilinganini bildirgan Taner Yildiz, “Texnik ravishda ba’zi tadbirlarni olmoqdalar. 2016 yilning boshlarida qo’shimcha ravishda yana 3 milliard kubametrlik tabiiy gaz olamiz”-dedi.
Star gazetasi, BMT inson huquqlari kengashi, Bashkut Tunjakni bir ovozdan BMTning tahlikali moddalarni yo’q qilish bo’yicha maxsus hisobotchisi etib tayinlaganligini yozdi.
BMT İnson huquqlari kengashi rahbari Baudelaire Ndong Ella tomonidan tavsiya qilingan Tunjak kengashda bir ovozdan olingan qaror bilan BMTning İnson huquqlarini boshqarish va tahlikali moddalarni yo’q qilish bo’yicha maxsus hisobotchisi etib tayinlandi.
Tunjak 2003-2009 yillarda ayollarga nisbatan zo’ravonlikka qarshi kurash hisobotchisi sifatida xizmat ko’rsatgan Prof.Dr Yakin Erturk va may oyida Oziq-ovqat huquqi maxsus hisobotchisi etib tayinlangan Prof.Dr Hilal Elverdan keyin BMTda maxsus hisobotchi vazifasiga loyiq ko’rilgan 3-turk bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi.
Sabah gazetasi, “Dexqonga 828 million lira yordam” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Oziq-ovqat, qishloq-ho’jaligi va chorvadorchilik vazirligi 2014 yilgi tartibotga ko’ra, dexqonlarga 828 million lira yordam puli o’tkazishini yozdi.
Vazirlikdan qilingan izohga ko’ra, ushbu yordam puli yog’ ishlab chiqarilgan o’simliklar, makkajo’hori, g’alla mahsulotlari va guruch, loviya turi mahsulotlarini yetishtirgan dexqonchilik jamiyatlariga to’lanadi.
Bu bilan birga dexqonlarga 2014 yilgi yordamlarning jami 71%i, ya’ni 6 milliard 866 million lira to’langan bo’ladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar