Izmirdagi yo’l qurilish ishlari chog’ida qoya tosh qabri topildi
Turkiyaning Izmir shahrida, yo’l qurilish ishlari chog’ida qoya tosh qabri topildi.
Turkiyaning Izmir shahrida, yo’l qurilish ishlari chog’ida qoya tosh qabri topildi.
Lidiya davriga oid qabrning 2500 yillik ekanligi tahmin qilinmoqda.
Izmirning O’demish tumanida, yo’l qurilish ishlari davom etar ekan ishchilar bitta qoya tosh qabriga duch kelgan.
Tumandagi muzey yetakchiligi tomonidan olib borilgan tekshiruv ishlari natijasida, qabrning tarixiy asar ekanligi aniqlangan.
O’yish yo’li orqali tayyorlangan qoya tosh qabrining, Lidiya davriga oid ekanligi tahmin qilinmoqda.
Roppa-rosa 2500 yillik qoya tosh qabri ustidan olib boriladigan tekshirish ishlarining natijalari chiqqunga qadar, hududdagi yo’l qurilish ishlari to’xtatildi.
Tumandagi muzey yetakchiligi ham, mazkur tarixiy qabr ustidan kerakli faoliyatlarni boshlatmoqchi ekanliklarini ma’lum qildi.
Aloqador xabarlar
Turkiyaning to‘rt burchagida bolalar bayrami nishonlanmoqda
Turkiya bugun, Milliy mustaqillik va bolalar bayramini nishonlamoqda.