Shvetsiya qiroli Karl IXning o'g'irlangan qimmatbaho buyumlari topildi

6 oy oldin Shvetsiyadagi muzeydan o’g’irlab ketilgan Karl IX va uning rafiqasi Kristinaga tegishli qimmatbaho buyumlar poytaxt Stokholm yaqinida axlat ichidan topilgan.

Shvetsiya qiroli Karl IXning o'g'irlangan qimmatbaho buyumlari topildi

6 oy oldin Shvetsiyadagi muzeydan o’g’irlab ketilgan kirolicha toji va uning qimmatbaho buyumlari poytaxt Stokholm yaqinida axlat ichidan topilgan. 

Stokholm xavfsizlik boshqarmasi ma’lum qilishicha, o’g’irlangan toj shaharning chekka mahallaridan birining axlatxonasida topilgan.

Ekspertiza mutahassislari topilgan buyumlarning haqiqiyligini tasdiqlash uchun tekshiruv o’tkazishi ma'lum qilindi.

Stokholm prokuraturasi ma’lum qilishicha, o’g’rilardan biri 22 yoshdagi shaxs qo’lga tushirilgan. U hozirda so’roq qilinmoqda. Sheriklarini qo’lga tushirish uchun qidiruv davom etmoqda.

Avgust oyida Stokholmga 120 km uzoqlikda joylashdan Strangas kafedral cherkovidagi muzeydan toj va qimmatbaho buyumlar o’g’irlab ketilgan edi.

Buyumlarning qiymati taxminan 65 mln shved kronasiga (6,5 mln dollar) teng keladi.

Ushbu qimmatbaho buyumlar  XVII asr boshida hukmdorlik qilgan qirol Karl IX va uning rafiqasi Kristinaga tegishli ekanligi aytilmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: toj , o'g'irlangan buyumlar , qirol , Shvetsiya , Karl IX

Aloqador xabarlar