Bolalar uchun “gapiradigan” kitob chop etilmoqda

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi tasarrufidagi “Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ilk bor Montessori tizimida bolalar uchun ovozli (gapiruvchi) kitobcha chop etmoqda.

Bolalar uchun “gapiradigan” kitob chop etilmoqda

 

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi tasarrufidagi “Oʻqituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ilk bor Montessori tizimida bolalar uchun ovozli (gapiruvchi) kitobcha chop etmoqda. Bu haqda Agentlikning telegrammdagi https://t.me/uzapiofficial rasmiy kanalida xabar berildi.

Mazkur kitobcha yordamida bolalar rus alifbosi bilan tanishtiriladi. Maxsus tugmalar bosilganda har bir harfning ovozli talaffuzi yangraydi va bolalar oʻz talaffuzini ovozli namuna bilan taqqoslash imkoniga ega boʻladi.

Har bir sahifada alifbo harflari bilan boshlanadigan narsa-buyumlarning rasmi ham aks etgan. Bolajonlar bu rasmlar orqali narsa-buyumlar qanday nomlanishini eshitib, oʻrganishi mumkin. Qolaversa, kitobchada har bir harf uchun oʻsha harf bilan boshlanuvchi toʻrtlik sheʼrlar ham berilgan boʻlib, ularni audio shaklida ham tinglash mumkin.


Tanlangan kalimalar: Bola , Maktab , O'zbekiston

Aloqador xabarlar