Orhan Osmanog'lu, bobokaloni Abdul Hamid xonni tushuntirdi...

Sulton II. Abdulhamidning 4- nasl nabirasi Orhan Osmanog'lu, bobokalonining bashotarli bir sardor bo'lganini izohladi.

Orhan Osmanog'lu, bobokaloni Abdul Hamid xonni tushuntirdi...

 

Sulton II. Abdul Hamidning 4- nasl nabirasi Orhan Osmanog'lu, bobokalonining bashoratli bir sardor bo'lganini izohladi.

Germaniyaning poytaxti Berlinda "Shahzodaning lafzidan Sulton Abdul Hamid xon" nomli konferentsiyada so'zlagan Osmanog'lu, bobosi Abdul Hamid xonning haqiqiy davlat arbobligi va dohiyligini tushuntirdi.

Sulton Abdul Hamid xonning istiqbolni ko'ra olgan bir rahbar bo'lganiga diqqat qaratgan Osmanog'lu, hozirgi kunda muammolar bo'lgan qator hududlarda u davr Usmoniy chegaralarida bo'lishiga qaramasdan bobosining o'zi sotib olganini qayd etdi.

Osmanog'lu "(Iroq) Musul va Karkukning 70 %, (Suriya) Bab va Idlibdagi maydonlar bilan Al-qudsda Masjid al Aqsa atrofidagi yerlarni sotib olgan. Shuning uchun Abdul Hamid xonning istiqbolni ko'ra olgan bir sardor bo'lganini aytamiz" deb ifoda etdi.

Sulton Abdul Hamid xonning fransuz va boshqa g'arb tillarini ravon gapirganini tushuntirgan Osmanog'lu, arapcha va forschani o'rnagishning esa Usmon G'oziy davridan kelgan bir majburiyat bo'lganiga to'xtalib o'tdi.

Sulton Abdul Hamid xonning Nemis Imperatori Kaiser II. Wilhem bilan do'st bo'lganini va hijoz temir yo'li tarmog'ini nemislarga qurdirganini eslatgan Osmanog'lu, "Lekin Berlinga kelganimda aeraportni ko'rishim bilan hayron qoldim. Pudratchi kerak bo'lsa Turkiyadan yuborilishi mumkin" deb qurilishi chigal bo'lgan aeraportni imo qildi.

Orhan Osmanog'lu, Berlinda ko'rgan hurmatni esa "Bobom Abdul Hamidning ko'ngillarda yashaganini ko'rishdan bag'oyat mamnunman" deb so'zladi.



Aloqador xabarlar